Tavsif
Skoltech Grant Dasturi - Rossiyaning Skoltech oliygohida magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun 400 ga yaqin oʻrin ajratuvchi, oʻquv xarajatlarini toʻliq moliyalashtiruvchi dasturdir.
Skoltech — Skolkovo fan va texnologiya oliygohining magistratura va PhD bosqichlarida oʻqish niyatidagi nomzodlar uchun hech qanday toʻlovlarsiz xalqaro almashinuv imkoniyatlariga ega boʻlgan taʼlim hamda jahon darajasidagi professor-oʻqituvchilarda tahsil olish imkoniyatini taqdim etadi.
Magistratura bosqichida oʻqish uchun sohalar:
- Data science;
- Amaliy hisoblash mexanikasi;
- Hayot haqidagi fanlar;
- Keyingi avlod aloqa texnologiyalari;
- Materialshunoslik;
- Matematika va nazariy fizika;
- Muhandislik tizimlari.
PhD bosqichida oʻqish uchun sohalar:
- Matematika va mexanika;
- Fizika;
- Materialshunoslik va muhandislik;
- Tabiiy fanlar;
- Hisoblash va maʼlumotlar ilmi hamda muhandislik;
- Muhandislik tizimlari;
- Neft muhandisligi.
Dastur maqsadi Rossiya va jahon hamjamiyati rivojiga hissa qoʻshuvchi talabalarni tayyorlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash hamda ilmiy va texnologik kashfiyot va yangiliklar yaratishdan iborat.
Dasturga qabul qilingan talabalar Rossiyaning nufuzli oliygohida bepul taʼlim olish bilan birga, oylik stipendiya bilan taʼminlanadilar.