Tavsif
Rossiyaning TASS axborot agentligi tomonidan professional fotomuxbirlar uchun “News Photo Awards” ikkinchi xalqaro tanlovi eʼlon qilindi. Tanlovning bu safargi asosiy mavzusi — “A Changing World”. Ushbu tanlovga 2021-yil yanvar oyidan boshlab olingan va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan fotosuratlar qabul qilinadi. Suratlarda, asosan, Covid-19 davridan keyingi hayotni qanchalik oʻzgarganligini aks ettirish kerak.
Fotosuratlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha qabul qilinadi:
- Yangiliklar;
- Odamlar va ularning turmush tarzi;
- Sogʻliqni saqlash;
- Atrof-muhit.
Rasmlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha baholanadi:
- Eng yaxshi surat uchun — $3000;
- Eng yaxshi suratlar turkumi uchun — $3000;
Tanlovga suratlarni yuborish mutlaqo bepul va yuqoridagi har bir yoʻnalish boʻyicha ikkitadan gʻolib aniqlanadi va ularga jami 3000 dollargacha mukofot beriladi. Yoʻnalishlar ichida eng yaxshi rasm uchun (gran-pri) 10000 dollar mukofot beriladi.