Rossiyaning The Higer School of Economics (HSE) universiteti tomonidan fizika, texnika va fizika-matematika yo‘nalishidagi 3-4 kurs talabalari uchun qishki maktab
Rossiya Rossiya
16 Yan, 2022 · Muddat tugagan

Rossiyaning The Higer School of Economics (HSE) universiteti tomonidan fizika, texnika va fizika-matematika yo‘nalishidagi 3-4 kurs talabalari uchun qishki maktab

Yozgi maktab Qisman moliyalash

Tavsif

The 5th Winter School in Physics - fizika boʻyicha qishki maktab Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlari oliy oʻquv yurtlarining fizika, texnika va fizika-matematika yoʻnalishidagi 3-4 kurs talabalari uchun beshinchi bor oʻtkazilmoqda. Qishki maktabga zamonaviy fizika boʻyicha keng koʻlamli tadqiqotlarga qiziquvchi, HSE universitetining fizika boʻyicha magistrlik dasturida oʻqishini davom ettirish istagida boʻlgan barcha taklif qilinadi.

Qishki maktab 2022-yilda 21-23-yanvar kunlari The Voronovo Training Center of the Higher School of Economics da boʻlib oʻtadi.

Maktab doirasida Rossiya Fanlar Akademiyasi institutlarining faol olimlari boʻlgan, fizika fakulteti oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarining ilmiy va oʻquv maʼruzalari tashkil etiladi. Maʼruzalar boʻyicha batafsil rasmiy saytda tanishib chiqish mumkin.

Maktab doirasida, maʼruza va amaliy masalalarni yechish boʻyicha seminarlarda zamonaviy fizikaning asosiy yoʻnalishlari, jumladan astrofizika va kosmologiya, qattiq jismlar fizikasi, nanostrukturalar va past haroratlar, optika va atom fizikasi, plazma fizikasi va gidrodinamigi, Yer va sayyoralar fizikasi, kvant texnologiyalari va oʻlchovlari boʻyicha olib borilayotgan dolzarb tadqiqotlar ham koʻrsatib oʻtiladi.

Qishki maktabda qatnashish fakultet talabalari va oʻqituvchilari, shuningdek, fizika fanlari sohasida akademik faoliyat istiqbollari bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Qishki maktabda Rossiya Federatsiyasi va MDH davlatlari fuqarolari ishtirok etishi mumkin;
  • Qishki maktabga OTMda fizika, texnika va fizika-matematika yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-4 kurs talabalari taklif etiladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

Quyidagi xarajatlar The National Research University Higher School of Economics (NRU HSE) tomonidan qoplanadi:

  • Ilmiy va madaniy tadbirlar;
  • Turar-joy;
  • Ovqatlanish;
  • Moskvadan to darslar o'tiladigan joygacha va ishtirokchilar turar-joyiga borib kelish.

Eslatma: Rossiyagacha borish va qaytish parvoz xarajatlari ishtirokchilarning oʻzlari tomonidan qoplanadi.

Topshirish jarayoni

Qishki maktabda ishtirok etish uchun onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtiladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Maktab koordinatorlari:

Alexander A. Ponomarev, Fizika fakulteti dekan oʻrinbosari, e-mail: aaponomarev@hse.ru

Dzhanibekova Sapiyat Khisaevna, Fizika fakulteti dekan oʻrinbosari, e-mail: sdzhanibekova@hse.ru

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Yozgi maktab

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Soha

    Tabiiy fanlar va matematika

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya Rossiyaning The Higer School of Economics (HSE) universiteti tomonidan fizika, texnika va fizika-matematika yo‘nalishidagi 3-4 kurs talabalari uchun qishki maktab
16 Yan, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.