Rossiyaning The Higher School of Economics oliygohining istalgan magistrlik dasturlarida imtiyozli ravishda oʻqish imkonini taqdim etuvchi “Major League” olimpiadasi
Rossiya Rossiya
22 Yan, 2024 · Muddat tugagan

Rossiyaning The Higher School of Economics oliygohining istalgan magistrlik dasturlarida imtiyozli ravishda oʻqish imkonini taqdim etuvchi “Major League” olimpiadasi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

The Higher School of Economics (HSE) “Major League” Olympiad – oʻz bilim va malakalarini istalgan sohalarda sinab koʻrmoqchi boʻlgan barcha talabalar va bitiruvchilar uchun intellektual musobaqadir.

Olimpiada ishtirokchilarining turli kasbiy qiziqishlarini hisobga olish imkonini berish maqsadida olimpiada turli yoʻnalishlar va treklarda oʻtkaziladi. Ishtirokchilar har qanday yoʻnalishlar orqali ishtirok etishi mumkin va istalgan trek boʻyicha topshiriqlarni bajarishi mumkin. Ishtirokchi tanlashi mumkin boʻlgan yoʻnalishlar soni cheklanmagan.

Olimpiada yoʻnalishlari va treklari bilan ushbu havola orqali rasmiy saytda tanishib chiqish mumkin.

Olimpiada 2 bosqichda oʻtkaziladi:

  1. Saralash — ishtirokchilar bir nechta test topshiriqlariga javob berishi kerak. Javoblar avtomatik tarzda tekshiriladi, yaʼni natijalarni uzoq kutishga toʻgʻri kelmaydi
  2. Yakuniy — ishtirokchilar 2 qismga boʻlingan topshiriqlarni bajarishi kerak:
  • Oʻzgarmas (umumiy) qism vazifalari — ular barcha ishtirokchilar uchun majburiydir;
  • Oʻzgaruvchan qism vazifalari — ular ishtirokchi tanlagan treklarga, yoʻnalishga qarab oʻzgaradi va ishtirokchiga tanlov huquqi beriladi.

Olimpiadaga tayyorgarlik koʻrishda avvalgi yillardagi uslubiy tavsiyalar, koʻrgazmalar va topshiriqlar yordam beradi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Istalgan davlat fuqarolari olimpiadada qatnashishi mumkin.
  • Ishtirokchilar har qanday OTM bakalavr dasturlari talabalari yoki bitiruvchilari boʻlishi mumkin.
  • Bakalavr bosqichining istalgan kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.

Olimpiada shartlari va formati bilan ushbu havola orqali rasmiy saytda tanishib chiqish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Olimpiada medalistlari va gʻoliblari:

  • HSE oliygohi magistrlik dasturiga kirishda imtiyozlarga (2 yilgacha amal qiladi);
  • Oʻqish toʻlovlari boʻyicha chegirmalarga;
  • Boshqa sovrinlar va sovgʻalarga ega boʻladilar.

Topshirish jarayoni

  1. Olimpiadada ishtirok etish uchun onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtish kerak. Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha qoʻllanma bilan tanishib chiqish lozim.
  2. Olimpiada yoʻnalishi tanlanadi. Bir nechta yoʻnalishlarni tanlash imkoniyati mavjud. Shuningdek, universitetda ishtirokchi oʻqishni xohlagan magistrlik dasturi yoʻnalishi ham soʻraladi.
  3. Maʼlumotlar toʻgʻri ekanligini tasdiqlagandan soʻng roʻyxatdan oʻtish yakunlanadi. Roʻyxatdan oʻtish oxirgi muddatiga qadar kiritilgan maʼlumotlarni oʻzgartirish mumkin.
  4. Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi faqat taqdim etilgan elektron pochta manzili orqali tasdiqlanadi.
  5. Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar roʻyxatini ushbu havola orqali koʻrib chiqish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Roʻyxatdan oʻtish: 27.11.2023 — 22.01.2024.

Aloqa uchun elektron pochta manzili: olymp@hse.ru

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya Rossiyaning The Higher School of Economics oliygohining istalgan magistrlik dasturlarida imtiyozli ravishda oʻqish imkonini taqdim etuvchi “Major League” olimpiadasi
22 Yan, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.