Rossiyaning Ulyanovk shahrida o'tkaziluvchi MDH davlatlari o'rtasida barqaror munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan Xalqaro yoshlar forumi. Barcha xarajatlar qoplanadi
Rossiya Rossiya
15 Okt, 2021 · Muddat tugagan

Rossiyaning Ulyanovk shahrida o'tkaziluvchi MDH davlatlari o'rtasida barqaror munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan Xalqaro yoshlar forumi. Barcha xarajatlar qoplanadi

Magistratura Konferensiya To'liq moliyalash

Tavsif

Rossiya Federatsiyasining fan va texnologiya yiliga bag'ishlangan MDH davlatlari o'rtasida barqaror munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan Xalqaro yoshlar forumi 2021- yil 31-oktabridan  4-noyabriga qadar Rossiyaning Ulyanovsk shahrida o'tkazilmoqda (Forum 1-3 noyabr kunlarida bo'ladi). Dasturda MDH davlatlarining fuqarosi hisoblangan 18-35 yosh oralig'idagi hamda barqaror munosabatlarni rivojlantirishga befarq bo'lmagan barcha qatnashishi mumkin. 

Dastur oflayn shaklda o'tkaziladi. Forumning ishchi tili - rus tili. 

Forum davomida tashkilotchilar tomonidan 100 ta eng munosib deb topilgan ishtirokchilarning safar, yashash, oziq-ovqat, ishni tashkil etish, madaniy va hordiq chiqarish dasturlariga ketadigan xarajatlari qoplab beriladi. 

Tadbir MDH davatlari o'rtasidagi munosabatlardan yoshlarni yanada boxabar qilish, ularning yetakchiligini hamda faolligini ta'minlash, bu yo'lda davlatlararo aloqalarni kuchaytirish va boshqa shu kabi ko'plab maqsadlar ko'zlanib amalga oshirilmoqda.  

Forum ikki yo'nalish doirasida o'tkaziladi:

  1. Yoshlarni ko'ngilli harakatlarga (volontyorlik) jalb qilish.
  2. Xalqaro va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish.

 Dasturning maqsad va vazifalari haqida batafsil bu yerda o'qish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • 18-35 yosh oralig'idagi MDH davlatlaridan birida istiqomat qiluvchi barcha qatnashishi mumkin;
  • Barqaror rivojlanish masalalari bilan faol shug'ullanib kelayotgan tashkilotlar yosh a'zosi, yetakchisi, rahbari bo'lish yoki shu masalalarga befarq bo'lmaslik;
  • Rus tilida erkin aloqa qila olish;
  • Forum doirasida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan barcha seminar va tadbirlarda vaqtida ishtirok eta olish;
  • Forumda qatnashish uchun yuqori ishtiyoqqa ega bo'lish va yangi bilimlarni o'zlashtirishga tayyor turish va b.

Talablar bilan batafsil rasmiy saytning talablar bo'limida tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Borish-kelish (aviachipta), yashash, oziq-ovqat, madaniy dasturlariga ketadigan xarajatlar qoplab beriladi.

Muhim: Forumga kech qolgan yoki tez-tez o'tkazib yuborgan ishtirokchilar yashash va oziq-ovqat xarajatlarini mustaqil qoplashlari kerak.

Topshirish jarayoni

Qatnashish istagida bo'lgan ishtirokchilar onlayn ariza to'ldirishlari lozim.

Eslatma: Forumga ariza berishdan oldin maxsus qo'llanmani diqqat bilan o'qib chiqish lozim.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Konferensiya

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Dastur tili

    Rus tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya Rossiyaning Ulyanovk shahrida o'tkaziluvchi MDH davlatlari o'rtasida barqaror munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan Xalqaro yoshlar forumi. Barcha xarajatlar qoplanadi
15 Okt, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.