Tavsif
Buyuk Britaniya Qirollik biologiya jamiyati “Restoring Biodiversity and Habitat” mavzusida fotosuratlar tanlovini tashkil etmoqda. Tanlovda faqat havaskor fotograflar o‘zlarining iqlim, ob-havo va mavsumiy o‘zgarishlarning yerdagi hayotga ta’sirini ochib beruvchi fotosuratlari bilan bepul qatnashishi mumkin.
Ma’lumot uchun: Qirollik biologiya jamiyati biologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan tashkilot bo‘lib, hukumatga shu soha bo‘yicha maslahatlar beradi, siyosatga ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, ta’lim sifatini oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi va tabiiy fanlarga jamoatchilik qiziqishini rag‘batlantiradi. Tashkilot Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan.
Tanlovning avvalgi mavsumlardagi g‘oliblari va ularning ishlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.