Ruminiya davlatida bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichini grant asosida o‘qish imkoniyati - Transilvania Academica Scholarship dasturi
Ruminiya Ruminiya
24 Apr, 2025 · Muddat tugagan

Ruminiya davlatida bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichini grant asosida o‘qish imkoniyati - Transilvania Academica Scholarship dasturi

Bakalavr +2 To‘liq taʼlim To'liq moliyalash

Tavsif

Ruminiya davlatining Transilvaniya universiteti bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olishni xohlovchi nomzodlar uchun Transilvania Academica Scholarship grant dasturini e’lon qiladi. Dasturda Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan barcha davlat fuqarolari qatnashishlari mumkin. Saralash jarayoni nomzodlar topshirgan hujjatlarning sifati, tavsiyanoma va motivatsion xatga qarab amalga oshiriladi. Nomzodlarning kontrakt, turar-joy xarajatlari qoplanadi va oylik stipendiya taqdim etiladi. 

Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 25-aprelga qadar davom etadi. 

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Dasturga Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan davlat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin;
  • Dasturga bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olishni xohlovchi nomzodlar qatnashishlari mumkin;
  • Saralash jarayoni nomzodlar topshirgan hujjatlarning sifati, tavsiyanoma va motivatsion xatga qarab amalga oshiriladi. 

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin. 

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Kontrakt xarajatlari qoplanadi;
  • Universitet yotoqxonasida bepul turar-joy bilan ta’minlanadi;
  • 800 Ruminiya leyi ($170) miqdorida oylik stipendiya.

Muhim! Viza va yo‘l xarajatlari dastur tomonidan qoplanmaydi.

Topshirish jarayoni

Dasturga ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar so‘raladi:

  • CV (nomzodning qobiliyatlari va yutuqlarini aks ettirishi lozim;
  • Motivatsion xat (bir betdan oshmagan);
  • 3 ta tavsiyanoma.

Eslatma! Barcha hujjatlar ingliz tilida yoki shu tilga tarjima qilingan bo‘lishi kerak. Boshqa tilda taqdim etilgan yoki ariza topshirish muddatidan so‘ng taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinmaydi. 

Qo'shimcha ma'lumot

Muhim sanalar: 

  • 17.02.2025 – 25.04.2025 - Arizalarni qabul qilish jarayoni;
  • 28.04.2025 – 28.05.2025 - Saralash jarayoni;
  • 29.05.2025 – 30.05.2025 - Saralangan nomzodlarni tasdiqlash sanasi;
  • 02.06.2025 - G‘oliblarni email orqali e’lon qilish sanasi. 

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    Bakalavr, Magistratura, PhD

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Ruminiya Ruminiya davlatida bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichini grant asosida o‘qish imkoniyati - Transilvania Academica Scholarship dasturi
24 Apr, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.