Tavsif
Rus tilini millatlararo muloqot tili sifatida targ‘ib qilish, qo‘llab -quvvatlanish, asrash va mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) davlatlari o‘rtasida akademik V.G.Kostomarov nomidagi yosh izlanuvchilar va tadqiqotchilar o‘rtasida tanlov tashkil etiladi.
MDH hududida rus madaniyati, adabiyoti, ta’limi va fanini ommalashtirish (sayt, ijtimoiy tarmoqlarda va turli tadbirlarni uyushtirish orqali, batafsil bu yerda o‘qish mumkin) va rus tilini o‘qitishning dolzarb masalalari, muammolari hamda istiqbollari bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalar (batafsil bu yerda) uchun umumiy miqdori 500,000 rubl bo‘lgan mukofot 10 ta eng yaxshi loyiha muallifiga o‘z loyihalarini moliyalashtirishlari uchun taqdim etiladi.
Tanlovda irqi, millati, kasbidan qat’iy nazar, 18-35 yosh oralig‘idagi MDH davlatlari fuqarolari ishtirok etishi mumkin.