Tavsif
Samarkand International Youth Summit 2022 In Uzbekistan — sammit Oʻzbekiston Yoshlar Ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, arizalar 2022-yil 5-noyabrga qadar qabul qilinadi.
Mahalliy ishtirokchilar soni — 250 nafar.
Sammit maqsadi — taʼlim, ekologiya, gender tengligi, sanʼat sohalaridagi mavjud ijtimoiy muammolarni birgalikda muhokama qilish, ularga yechim topish uchun muloqot maydoni yaratish; yosh tadqiqotchilar, olimlar, ekologlar va ijodiy soha vakillarini birlashtirish; yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Sammit 2022-yil 14-15-noyabr kunlari Samarqanddagi “Silk Road Samarkand Uzbekistan” majmuasida boʻlib oʻtadi.
Sammit yoʻnalishlari:
- Sifatli taʼlim va fan️;
- Ekologiya va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash️;
- Gender tengligi️;
- Media va kreativ sanoat.
Toʻliq va qisman moliyalashtirish imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, Ishtirokchilar oʻz hisobidan ishtirok etishi mumkin.
Rasmiy sayt orqali batafsil maʼlumot bilan tanishib chiqish mumkin.