Samarqand “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida magistrlik dasturida tahsil olish uchun 10 tagacha grant
O‘zbekiston O‘zbekiston
04 Sen, 2021 · Muddat tugagan

Samarqand “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida magistrlik dasturida tahsil olish uchun 10 tagacha grant

Magistratura To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida muzeyshunoslik boʻyicha bir yillik “MA in Museum Studies” magistrlik dasturida tahsil olish uchun 10 tagacha grant taqdim etadi.

Oʻquv dasturi rahbari — oʻqituvchi va yozuvchi, ekspert-maslahatchi Sara Reza sanʼat, savdo va huquq sohasida taniqli mutaxassis Jeffri Boloten bilan birgalikda turli mintaqa va mamlakatlarning talabalari uchun ushbu kursni oʻtash va xalqaro darajadagi diplomni olish imkoniyatini beradigan formatni yaratgan.

Nomzodlar bakalavr darajasi va Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetining “MA in Museum Studiyes” muzeyshunoslik dasturiga qabul qilinganligi haqida xabarnomaga ega boʻlishi lozim.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Nomzodlarni tanlash mezonlari:

  • Bakalavr diplomning mavjudligi;
  • ingliz tilini bilish (B2-C2 darajasida);
  • ilmiy yutuqlar, ilmiy va tadqiqot ishlari, umumiy bilim;
  • tahlil qilish qobiliyati;
  • tashkilotchilik qobiliyati;
  • rivojlanish motivatsiyasi;
  • ijtimoiy faollik;
  • tanlangan mutaxassislikning ahamiyati va afzalliklari va uning mamlakatda madaniyat va san'at sohasini rivojlantirishdagi roli to'g'risida xabardorlik.

Nomzodlar uchun umumiy shartlar:

  • Ishtirokchilar bir vaqtning o'zida bir nechta grant dasturlari g'olibi bo'la olmaydi;
  • Fond nomzod tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto'g'ri ma'lumotlar aniqlangan taqdirda, tanlov natijalarini istalgan bosqichda bekor qilish huquqini o'zida saqlab qoladi;
  • Ma'lumot (magistratura) olganidan so'ng, grant dasturi g'olibi uch oy ichida Fond stipendiya komissiyasi qarori bilan madaniyat va san'at muassasalariga ishga joylashadi. Ish muddati: kamida bir yil.

Eslatma: Kurs sanʼat sohasida bilimlarga ega boʻlgan talabalarga moʻljallangan boʻlsa-da, turli tajribaga ega boʻlgan nomzodlar ham koʻrib chiqilishi mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • 10 ta g'olib  “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetining “MA in Museum Studies” yo'nalishida grant asosida o'qish imkoniga ega bo'ladi

Topshirish jarayoni

  1. Grant dasturida qatnashish uchun Jamgʼarmaning acdf.uz veb-sayti orqali ariza berish mumkin
    • Bakalavriat transkriptining nusxalari (ingliz tiliga tasdiqlangan tarjimasi)
    • Bitta tavsiyanoma (oldingi oʼqituvchi, murabbiy, rahbar yoki professional maslahatchi tomonidan, qarindoshlarning tavsiyanomalari qabul qilinmaydi)
    • 500 ta soʼzdan iborat motivatsiya xati (ushbu kursga ariza berish sabablari va kelajakdagi maqsadlari)
    • Ikkinchi bosqichga oʼtgan ishtirokchilarning komissiya bilan yuzma-yuz suhbati

Hujjatlarni quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin: 

Qo'shimcha ma'lumot

Tanlovning umumiy taqvimi:

  • 5.09.2021 yilgacha – grant dasturiga arizalarni qabul qilish;
  • 07.07.2021 yilgacha – birinchi bosqich arizalarini koʼrib chiqish;
  • 09/07/2021 – birinchi bosqich natijalarini eʼlon qilish;
  • 09/08/2021 – ikkinchi bosqichga oʼtgan ishtirokchilarning komissiya bilan yuzma-yuz suhbati;
  • 09.09.2021 – tanlov natijalarini sarhisob qilish;
  • 09/10/2021 – gʼoliblarni eʼlon qilish

Telefon raqami: +998 (71) 207 40 80

Email: info@acdf.uz

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Sanʼat, dizayn va arxitektura

  • Dastur tili

    Ingliz tili, O'zbek tili

O‘zbekiston Samarqand “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida magistrlik dasturida tahsil olish uchun 10 tagacha grant
04 Sen, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.