Tavsif
Samarqand shahri mezbonlik qiladigan Fide World Rapid and Blitz Championships shaxmat boʻyicha jahon chempionati joriy yilning 25-31-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Dasturda ishtirok etish uchun shaxmatni yaxshi tushunish, musobaqa jarayonlarini yoritib bera olish, xalqaro tillardan (ingliz, rus, ispan, nemis) birortasida erkin va ravon gapira olish, jonli efir vaqtida oʻzini yoʻqotib qoʻymaslik kabi talablar mavjud. Volontyorlar Samarqand va Toshkent shaharlaridan birida belgilangan vazifalarni bajarishlari lozim boʻladi.
Eng faol ishtirok etgan volontyorlarga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan maxsus sertifikat topshiriladi.