Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi tomonidan mamlakatimiz durdonasi boʻlmish Samarqand shahrining turistik salohiyatini namoyish qilish maqsadida “Samarqand — Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” mavzusidagi videorolik uchun professional darajadagi ssenariylar tanlovi eʼlon qilinadi. Ssenariy Samarqandning diqqatga sazovor joylarini targʻib qilishga asoslangan boʻlishi kerak. Tanlov 2024-yil 1-martdan 31-martga qadar oʻtkaziladi. Tanlovdan bir nafar gʻolib saralab olinadi va u joriy yil 20-aprelga qadar 30 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Koʻhna va navqiron Samarqand shahrining jozibasini va oʻz salohiyatingizni namoyish etishga shoshiling!
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.