San’at va madaniyat xodimlari uchun xarajatlari to'liq qoplangan holda Germaniyaga sayohat qilish imkonini beruvchi “Culture in Motion” almashinuv dasturi
Germaniya Germaniya
02 May, 2021 · Muddat tugagan

San’at va madaniyat xodimlari uchun xarajatlari to'liq qoplangan holda Germaniyaga sayohat qilish imkonini beruvchi “Culture in Motion” almashinuv dasturi

Almashinuv dasturi To'liq moliyalash

Tavsif

“Culture in Motion” dasturi Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida o’zaro madaniy aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Dastur ijtimoiy o’zgarishlarni kuzatib boruvchi madaniyat mutaxassislari va muassasalari uchun sayohat grantlarini ajratadi.

Dastur 2 turga bo’linadi:

1-dastur. Ushbu dasturda Germaniyada yoki ro’yxatda keltirilgan davlatlarda bo’lib o’tadigan madaniy tadbirlarga qatnashib, sayohat qilishni istagan individual rassomlar, kuratorlar, badiiy rahbarlar, prodyuserlar, loyiha direktorlari qatnashishlari mumkin.

2-dastur. Ushbu dasturda Germaniya, Sharqiy Yevropa va O’rta Osiyo mintaqasidagi madaniyat sohasidagi mutaxassislar qatnashishlari mumkin.

Dasturda qatnashishga sabablar: 

  1. Madaniy tadbirlar: kino, raqs, teatr festivallari, madaniy-siyosiy konferensiyalar, simpozium va ko’rgazmalarda ishtirok etish imkoniyati
  2. Madaniyat sohasida tajriba orttirish maqsadida seminarlarda ishtirok etish
  3. O’zaro qo’shma loyihalarni amalga oshirish uchun hamkorlar topish

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Bu yerda nomi keltirilgan davlat fuqarosi bo’lishlari
  • Nomzodlar 18 yoshdan katta bo’lishlari
  • San’at va madaniyat sohasida faoliyat yuritishlari
  • Dastur doirasida qatnashuvchilar Germaniyaga sayohat qilishlari va/yoki Germaniyalik mutaxassislar bilan birgalikda tadqiqot olib borishlari mumkin
  • Shuningdek, ishtirokchilar bu yerda nomi keltirilgan davlatlar mutaxassislari bilan birgalikda o’zaro tajriba almashishlari mumkin

Eslatma: Dastur doirasida Germaniyadan madaniyat mutaxassislari taklif etilmasligi mumkin.

Mukofotga qo’yilgan talablar

Sayohat uchun grantlar quyidagi loyihalar asosida berilishi mumkin:

  • Istiqbolli va sifatli loyihalarni taqdim etish
  • Zamonaviy madaniyat sohasiga hissa qo’shish
  • Innovatsion tarkib va formatlarni ishlab chiqish
  • Bugungi kundagi ijtimoiy tillarga hissa qo'shish va imkoniyatlarini namoyish etish
  • Germaniya madaniyati haqida bilish (sayohat uchun zarur hisoblanadi)
  • Mintaqalararo loyihalar uchun qabul qilinayotgan davlatingiz madaniyatiga munosabat bildirishingiz
  • Loyihalar quyidagi mavzular doirasida bo’lishi kerak:
  • Tenglik, birlashish
  • Ekologiya, barqarorlik
  • Dunyoga qanday yangi narsalar kirib keladi (zamonaviy, jtimoiy global muammolarni o’zaro kelishib yechim topiladigan tajribaviy loyihalar)

Eslatma: 2019-2020-yilda dasturga qatnashganlar 3 yildan so’ng ariza topshirishlari mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

  1. 2,500 yevro miqdorigacha bo’lgan sayohat xarajatlari
  2. Mehmonxona va sayohat xarajatlari
  3. Kunlik to’lovlar uchun moddiy yordam
  4. Ba’zi holatlarda viza xarajatlari

Eslatma: Ariza topshirish jarayonida aynan qaysi xarajatlar qoplanishiga alohida e’tibor bering. 

Topshirish jarayoni

1-dastur uchun ariza shakli. Individual madaniyat mutaxassisi uchun sayohat

Ariza shaklini to’ldiring. Yuklab olish.

Taklifnoma (ixtiyoriy)

Ko’rsatilgan loyihalarning pdf shaklidagi 4-6 ta fotosurati

2-dastur uchun ariza shakli. Madaniyat muassasalari / vositachilar uchun sayohat

Ariza shaklini to’ldiring. Yulab olish.

Ko'rsatilgan loyihalarning / taklif qilingan shaxsning / guruhning pdf shaklidagi 4-6 ta fotosurati

Eslatma: Germaniyaga sayohat loyihasi uchun arizalar ingliz va nemis tillarida qabul qilinadi. Ro’yxatdagi boshqa davlatlar uchun esa ingliz, nemis va rus tillarida qabul qilinadi.

To’ldirilgan ariza shakllarini quyidagi email manzilga yuboring: sinaida.shershun@goethe.de

Natijalar Moskvadagi Gyote-Instituti vakillari va hakamalar hay’ati tomonidan qabul qilish muddati tugaganidan so’ng 4-6 haftada e’lon qilinadi. Natijalar yakuniy hisoblanadi va hech qanday e’tirozlar qabul qilinmaydi.

Qo'shimcha ma'lumot

Dasturga muvaffaqiyatli qabul qilingan nomzodlar va mezbon tashkilotlar Gyote-Insituti bilan ikkala tomonning majburiyatlarini ko'rsatadigan shartnoma imzolaydilar

Mablag'larni oluvchilar Gyote-Institutga sayohat kunidan oldin to'liq viza hujjatlarini taqdim etishlari so’raladi

Sayohatdan oldin barcha hujjatlar qayta ko’rib chiqilishi kerak. Safar kelishuvi va boshlanishi o’rtasida kamida 2 hafta vaqt bo’lishi kerak. Agar ariza topshiruvchidan viza talab etilsa kamida - 4 hafta

Sayohat tugaganidan so’ng Gyote-Instituti ishtirokchilardan loyiha bo'yicha fotografik va matbuot materiallarini qabul qilib oladi. Mezbon tashkilotlar ushbu materiallarni Gyote-Institutning nashrlarida va veb-sahifalarida moliyalashtirishga yordam berishadi

Ishtirokchilar sayohatni o’zlari tashkil etadilar

Qo’shimcha savollar uchun: sinaida.shershun@goethe.de

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Almashinuv dasturi

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

Germaniya San’at va madaniyat xodimlari uchun xarajatlari to'liq qoplangan holda Germaniyaga sayohat qilish imkonini beruvchi “Culture in Motion” almashinuv dasturi
02 May, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.