Saudiya Arabistonda bakalavr bosqichida o‘qish uchun Princess Nourah University Scholarship stipendiya dasturi
  • 01/01/1970 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Saudiya Arabistoni Davlat
  • Iloji boricha tez Oxirgi muddat
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    17 yoshdan 25 yoshgacha

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Saudiya Arabiston davlati islomni yoyish, arab tilini o‘rganish, bilim almashish va Saudiya Arabistoni va xalqaro davlatlar o‘rtasida insoniyatga yaxshiroq xizmat qilish uchun hamkorlikni kuchaytirish maqsadida xalqaro talablarga  bakalavr bosqichida o‘qish uchun Princess Nourah University Scholarship  stipendiya dasturini taqdim qiladi. Princess Nourah Bint Abdulrahman Universiteti Saudiya Arabistonidagi eng nufuzli universitetlardan biri bo‘lib, dasturga quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim olish imkoniyatini beradi.  Dasturga qabul qilingan oylik stipendiya bilan ta’minlanadilar hamda borib-kelish xarajatlari qoplanadi.

Dastur bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dastur uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • Nomzodlarning yoshi 17-25 yosh oralig‘ida bo‘lishi;
  • O‘rta maktab shahodatnomasiga  yoki shunga teng diplomga ega bo‘lishi;
  • Nomzod Saudiya Arabistondagi ta’lim muassasasidan boshqa stipendiyaga ega bo‘lmagan bo‘lishi;
  • O‘rta maktabni maktabni tugatganiga 5 yildan oshmagan bo‘lishi;
  • Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi, sog‘lom bo‘lishi;
  • Nomzod Saudiya Arabistondagi birorta  ta’lim muassasasidan chetlashtirilmagan bo‘lishi;
  • Nomzod Universiteti kengashi tomonidan belgilangan va arizada ko‘rsatilgan barcha shartlarni bajarishi;
  • Barcha hujjatlar nomzod mamlakatidagi Saudiya madaniyat attashesi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi;
  • Ariza beruvchilar o‘z mamlakatidagi xavfsizlik xizmatlaridan sudlamaganlik bo‘yicha guvohnoma olishlari.

    Dastur maqbullik shartlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.  

Foydali tomonlari

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

  • O‘qish davomida talabaning sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilinadi;
  • Talabalarga kelganlarida tayyorgarlik ko‘rishlari uchun 2 oylik  stipendiya beriladi;
  • Universitetni tugatayotganda talabalarga kitoblar yetkazib berilishi uchun 3 oylik bonusga ega bo‘lishadi;
  • Nomzodlar chegirma narxdagi  ovqat bilan ta’minlanadilar;
  • Talabaga har oy saudiyalik talabaga to‘lanadigan miqdorda mukofot puli to‘lanadi;
  • Talabaga yotoqxona va tegishli ijtimoiy, ta’lim, madaniy va tarbiyaviy yordam bilan ta’minlanadilar;
  • Saudiya Arabistonga kelish xarajati qoplanadi;
  • Talabaga kitoblar va ma’lumotnomalar evaziga har yili bir oylik mukofot beriladi, agar to‘lov qonunda belgilangan muddatga uzaytirilmasdan o‘qishni tugatish uchun belgilangan bo‘lsa;
  • A’lo baholarga o‘qigan talabalar uchun har bir semestr uchun 500  SARdan yiliga 1000 SAR mukofot beriladi;
  • Har yili oxirida talablarga o‘z davlatlariga borish xarajatlari qoplanadi.

Dastur imkoniyatlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin. 

Hujjat topshirish

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshiriladi.

Ariza topshirishda quyidagilar so‘raladi:

  • O‘rta maktab guvohnomasi nomzod mamlakatidagi Saudiya madaniyat attashesi tomonidan tasdiqlangan va arab tiliga tarjima qilingan shakldagi  o‘rta maktab guvohnomasi;
  • Nomzodning yaxshi xulq-atvorga egaligi bo‘yicha sertifikat(agar mavjud bo‘lsa) yoki ikkita tavsiyanoma;
  • Nomzodning amaldagi pasporti;
  • Nomzod mamlakati tomonidan Saudiya Arabistonda o‘qish uchun ruxsatnoma;
  • Sudlanmaganlik bo‘yicha  ma’lumotnoma;
  • Tibbiy ma’lumotnoma(olinganiga maksimal 3 oy bo‘lgan bo‘lishi);
  • Barcha hujjatlar PDF-JPEG shaklida topshirilishi kerak;

Eslatma: Hujjatlarning muvofiqligini tekshirish uchun dasturga qabul qilingan ishtirokchilardan yuqorida ko'rsatilgan hujjatlarning asl nusxalarini olib kelishlari so‘raladi.
 

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

  • Nomzodlar ta‘lim vazirligidan elektron pochta va telefon orqali yakuniy qabul qilinganliklari to‘g‘risida xabardor qilinadilar.          
  • Qo‘shimcha savollar uchun email: Dsa_scholar@pnu.edu.sa;        
  •  Tel: 00966118243346
  •        00966118243341
  •        00966118243454
  •        00966118243542
  •       00966118243205.
     
Saudiya Arabistoni
Saudiya Arabistonda bakalavr bosqichida o‘qish uchun Princess Nourah University Scholarship stipendiya dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar