Tavsif
Saudiya Arabistonidagi oliy taʼlim muassasalari ichida eng boy universitet deya taʼrif etilgan King Saud universiteti mamlakat fuqarosi boʻlmagan xalqaro talabalarga bakalavriatni toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkonini beruvchi King Saud University scholarship grantini taqdim etadi. Dasturda 17 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan barcha maktab bitiruvchilari yoki maktabning oxirgi sinfida oʻqiyotganlar qatnashishi mumkin. Grant gʻoliblari King Saud universitetida bepul taʼlim olishlari mumkin hamda universitet talabaning barcha xarajatlarini qoplashni oʻz zimmasiga oldi.
Dasturga qabul 2023-yil 15-avgustdan 2023-yil 15-sentabrgacha davom etadi. Biroq universitetga bakalavriat uchun qabul muddatlari dasturnikidan farq qiladi. Nomzodlar hujjat topshirguncha shuni hisobga olishlari lozim.
Maʼlumot uchun: Saudiya Arabistonda joylashgan King Saud universiteti mamlakatdagi eng boy universitetlaridan biri hisoblanadi. 1957-yil 6-noyabrda qirol Saud ibn Abdulaziz tomonidan tashkil etilgan. Universitet maydonining kattaligi boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi. Talabalar soni 60 mingdan ortiq boʻlib, ularning 7 foizi xorijiy davlat fuqarolaridir.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.