Tavsif
Saudiya Arabistoni hukumati Jeddahda joylashgan King Abdulaziz universitetida oʻqish uchun toʻliq moliyalashtiriladigan grantni eʼlon qiladi. Nomzodlar bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichlaridan birida istalgan yoʻnalishlarida tahsil olishlari mumkin boʻladi.
Dastur ishtirokchilari oʻqish kontrakt pulidan ozod qilinadi. Bundan tashqari ularga oylik stipendiya, davlatga yetib kelgandan keyin joylashish puli hamda yillik yoʻl chiptalari puli ham toʻliq qoplanadi. Talabalar turar-joy bilan taʼminlanadi hamda tibbiy sugʻurtalanadi. Viza olish ishlari ham grant maʼmuriyati koʻmagida hal qilinadi.
Dasturning bakalavr bosqichida oʻqish uchun nomzodlar 17-25 yosh oraligʻida boʻlishlari, magistratura uchun 30 yoshdan va doktorantura uchun esa 35 yoshdan oshmagan boʻlishlari zarur. Ishtirokchilardan arab tilida yaxshi gaplashish va yozishni bilish talab qilinadi. Magistratura va doktorantura bosqichida oʻqish uchun ingliz tilini bilish sertifikati soʻraladi, bakalavr bosqichi uchun esa bu shart emas.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.