Tavsif
Saudiya Arabistoni taʼlim vazirligi barcha xalqaro talabalarga oʻzining turli nufuzli universitetlarida oʻqish imkoniyatini beruvchi grant dasturini eʼlon qiladi. Grant deyarli barcha yoʻnalishlar (tibbiyotdan tashqari) uchun taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Dasturdan asosiy maqsad iqtidorli yoshlarni mamlakatga jalb qilish, ularni ragʻbatlantirish va Saudiya Arabistoni taʼlim tizimini xalqaro miqyosda ahamiyatini oshirishdan iborat.
Quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha hujjat topshirish mumkin:
- Politics (Siyosat);
- Law (Huquq);
- Education (Taʼlim);
- Business Administration (Biznes boshqaruvi);
- Economics (Iqtisodiyot);
- Engineering and Natural Sciences (Muhandislik va tabiiy fanlar);
- Computer Science (Kompyuter fanlari);
- Agriculture (Qishloq xoʻjaligi);
- Shariah and Arabic (Shariat va arab tili);
- Media (OAV).
Grant dasturi quyidagi universitetlar uchun amal qiladi:
- Islamic University of Medinah;
- Umm Al Qura University;
- Imam Abdulrahman Bin Faisal University;
- Imam Muhammad Bin Saud Islamic University;
- Prince Sattam bin Abdulaziz University;
- Princess Nourah bint Abdulrahman University;
- Al-Baha University;
- Jouf University;
- Northern Border University;
- TAIF UNIVERSITY;
- Qassim University;
- Majmaah University;
- King Khalid University;
- King Saud University;
- King Abdulaziz University;
- King Faisal University;
- Bisha university;
- University of Tabuk;
- Jazan University;
- University of Jeddah;
- University of Hail;
- Hafr Al-Batin University;
- Shaqra University;
- TAIBAH UNIVERSITY;
- Najran University.
Maʼlumot uchun: Saudiya Arabistonida dunyodagi eng yaxshi universitetlar qatoriga kiradigan universitetlar bor va ushbu taʼlim muassasalari oʻzining ilgʻor ilmiy markazlariga ega. Hozirda Saudiya Arabistonidagi universitetlarda dunyoning 170 dan ortiq mamlakatidan kelgan talabalar tahsil olmoqda va statistika boʻyicha hozirga qadar 100 000 dan ortiq xalqaro talabalar oʻqishni tamomlagan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.