Sber 500 International IT accelerator — istalgan sohaga oid IT startap loyihalarini Rossiyadagi Sberbank ekotizimi tajribasi va IT-biznes dunyosidagi eng kuchli jamoalardan biri  500 Global orqali bepul rivojlantirish imkoniyati
Rossiya Rossiya
06 Fev, 2022 · Muddat tugagan

Sber 500 International IT accelerator — istalgan sohaga oid IT startap loyihalarini Rossiyadagi Sberbank ekotizimi tajribasi va IT-biznes dunyosidagi eng kuchli jamoalardan biri 500 Global orqali bepul rivojlantirish imkoniyati

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Sber 500 International IT accelerator — istalgan sohaga oid IT startap loyihalarini Rossiyadagi eng yirik ekotizim boʻlmish Sberbank tajribasi va venchur kapitali, IT-biznes dunyosidagi eng kuchli jamoalardan biri boʻlgan 500 Global orqali bepul rivojlantirish imkoniyatini taqdim etuvchi akseleratsiya dasturi.

Dastur 3 bosqichdan iborat:

  1. Asosiy akseleratsiya dasturidan avvalgi Bootcamp — Rossiya, Yevropa va MDH davlatlaridan 500 ta startaplar uchun butun dunyodan mentorlar va ekspertlar ishtirokida 2 haftalik intensiv kurs (28.02.2022-13.03.2022).
  2. Bootcamp ishtirokchilaridan eng ilgʻor 50 ta loyiha asosiy akseleratsiya dasturida ishtirok etish uchun tanlab olinadi. Ular bilan 4 haftalik maxsus trening oʻtkaziladi. Trening davomida kompaniyalar gipotezalarni tezda sinab koʻrishni oʻrganadilar va mentorlar bilan birgalikda oʻz bizneslari uchun eng yaxshi rivojlanish imkoniyatlarini aniqlaydilar (04-31.05.2022).
  3. Trening ishtirokchilari orasidan 25ta eng yaxshi loyihalar tanlab olinadi. 3-bosqich sifatida ular mablagʻ yigʻish va kompaniya taqdimotlariga 4 haftalik intensiv tayyorgarlik dasturida ishtirok etadilar (08.06-05.07.2022).

Startap loyihalar qaysi sohalarda amalga oshirilishi mumkinligi haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tanlovda Rossiya, MDH davlatlari va Yevropa davlatlaridan boʻlgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Ishtirok etish shartlari:

  • Rossiyadagi yoki chet elda yuridik shaxs / yakka tartibdagi tadbirkor boʻlishi kerak;
  • MVP va ilk sotuvlarga ega bo'lish;
  • Akseleratsiya dasturi davomida jamoa loyihada toʻliq vaqtli ishlashga tayyor bo'lishi kerak;
  • 3-bosqich uchun Moskvaga kelishga rozi boʻlishi kerak.

Imtiyozlar va qulayliklar

Startap loyihani rivojlantirish uchun kerakli tajriba va qimmatli resurslarga ega boʻlish imkoniyati:

  • Strategik hamkorlik — loyihani ishga tushirish, shartnoma imzolash va sberbank ekotizimidagi kompaniyalar bilan tajriba almashish;
  • Top 10 kompaniyalar bilan hamkorlik;
  • Investitsiya jalb qilish — Fort Ross Ventures va ittifoqdosh fondlardan mablagʻ olish;
  • Fast track — agar ariza tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlsa, akseleratsiya dasturida ishtirok etmay turib, Sberbank bilan ishlashni boshlash imkoniyati.

Dastur haqida batafsil ma'lumotlar bilan rasmiy sayt orqali tanishib chiqish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun arizalar onlayn tarzda Sber Unity tizimi orqali yuboriladi:

  1. Sber Unity tizimida nomzod oʻz akkauntini ochishi lozim.
  2. Startap loyiha egasi sifatida ariza topshiriladi.

Qo'shimcha ma'lumot

Savollar bilan murojaat qilish uchun elektron pochta manzili: help@sberbank-500.ru

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Rossiya Sber 500 International IT accelerator — istalgan sohaga oid IT startap loyihalarini Rossiyadagi Sberbank ekotizimi tajribasi va IT-biznes dunyosidagi eng kuchli jamoalardan biri 500 Global orqali bepul rivojlantirish imkoniyati
06 Fev, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.