Tavsif
Shape the Future Challenges tanlоvi — bu butun dunyo boʻylab innovatsion gʻoyalarga ega tashabbuskor yoshlar uchun global muammolarga oʻz yechimlarini taqdim etish imkoniyati.
Dastur davomida iqlim oʻzgarishi, qashshoqlik, tengsizlik, chiqindilarga qarshi kurashish va boshqa muammolarini hal qilishda xalqaro murabbiylar bilan ishlash imkoniyatiga ega boʻlish mumkin.
Dastur shakli: 3 haftalik onlayn trening.
Dastur tarkibi: qisqa videolar, onlayn maslahatlar va mentorlar hamjamiyati.
Bunda 2-6 kishilik jamoa bilan dastur boshidanoq bir gʻoya tanlanadi va 3 hafta davomida birgalikda yechim ishlab chiqiladi. Eng yaxshi 7 ta jamoa onlayn ovoz berish va yakuniy onlayn pitching tadbirida ishtirok etish uchun maʼlum mezonlar asosida baholanadi.
Eng yaxshi yechimga ega boʻlgan jamoa Kaliforniyadagi Silikon vodiysiga sayohat qilish imkoniyatini yutadi!
Dastur haqida batafsil ushbu video yoki rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.