Yetakchi yoshlar uchun mukofot jamg'armasi $175,000 bo'lgan tanlov dasturi - King Hamad Youth Empowerment
Bahrayn Bahrayn
29 Sen, 2025 · Muddat tugagan

Yetakchi yoshlar uchun mukofot jamg'armasi $175,000 bo'lgan tanlov dasturi - King Hamad Youth Empowerment

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

King Hamad mukofoti Bahrayn qiroli Hamad bin Isa khalifa tomonidan tashkil qilingan. Tanlov jamiyat, davlat va dunyoni rivojlantirishda yoshlarning oʻrnini oshirish va porloq kelajakni yaratish, tinchlik, farovonlik, insonlar salomatligini saqlash va eng ilgʻor gʻoyalardan biri boʻlgan 2030-yilgacha barqaror rivojlanishni taʼminlash rejalarini ragʻbatlantirish maqsadida tashkillashtirilgan.

Dastur Bahrayn Yoshlar va Sport ishlari vazirligi va BMTning Barqaror rivojlanish dasturi bilan hamkorlikda olib boriladi. Tanlov har yili oʻtkazilib, birinchi marta 2017-yilda Bahrayn qirolligida boʻlib oʻtgan.

Dasturda ikki kategoriya mavjud va nomzodlar umumiy 9 ta yoʻnalish boʻyicha saralab olinadi. Umumiy mukofotlar soni 8 ta boʻlib, birinchi kategoriyadagi 5 ta gʻolibga 20,000 dollardan, ikkinchi kategoriyadagi 3 ta gʻolibga esa 25,000 dollardan mukofot puli ajratiladi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda yoshlarning oʻrnini e'tirof etish kategoriyasida qatnashish boʻyicha talablar:

  • Barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
  • Nomzodlar 18-35 yosh oraligʻida boʻlishlari kerak.

 

Eslatma! Dastur talablarida yozilmagan boʻlsa ham, ingliz tili yoki BMT tomonidan tan olingan biror tilni bilish zarur boʻladi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda yoshlarning oʻrnini e'tirof etish kategoriyasiga 5 ta mukofot ajratilgan boʻlib, har biri uchun $20,000 mukofot puli mavjud;
  • Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda yoshlar ishtiroki harakati va taʼsirini ta'minlovchi omillarni aniqlash kategoriyasiga 3 ta mukofot ajratilgan boʻlib, har biri uchun $25,000 mukofot puli mavjud.

Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali koʻproq maʼlumot topish mumkin.

Topshirish jarayoni

Tanlovda ikki kategoriya boʻyicha qatnashish mumkin:

  1. Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda yoshlarning oʻrnini e'tirof etish- Nomzodlar 2030-yilgacha barqaror rivojlanishning 5 ustuvor yoʻnalishi boʻyicha taklif qilgan gʻoyalarining mohiyati, originalligi, takrorlanmasligi va baholash mezonlariga mos kelishiga qarab saralanadi. Dastur soʻnggida 5 yoʻnalish uchun 5 ta mukofot ajratilgan. Birinchi kategoriya boʻyicha qatnashish uchun ushbu havola orqali ariza topshirish lozim.
  2. Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda yoshlar ishtiroki harakati va taʼsirini ta'minlovchi omillarni aniqlash- Bu kategoriya barqaror rivojlanishda yoshlarning haqiqiy ishtiroki va harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Nomzodlar belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha oʻzlarining gʻoyalari, uni yoritib berish usullari va tanlov baholash mezonlariga javob berishlariga qarab saralanadi. Ushbu kategoriyada 4 yoʻnalish mavjud va 3 ta mukofot ajratilgan. Ikkinchi kategoriya boʻyicha qatnashish uchun ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Tanlovga ariza topshirish jarayoni haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Tanlovda gʻoliblarni saralashda ishtirok etuvchi masʼul shaxslar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot

Mukofot va uning taqdirlash jarayoniga oid rasmlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. Tanlov gʻoliblari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18, Max: 35

  • Jins

    Erkak, Ayol

Bahrayn Yetakchi yoshlar uchun mukofot jamg'armasi $175,000 bo'lgan tanlov dasturi - King Hamad Youth Empowerment
29 Sen, 2025
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.