Tavsif
"Search for common ground" va mahalliy "Istiqlol avlodi" NNT tomonidan Jizzax, Namangan va Samarqand viloyatlarida yashovchi fuqarolar va mojaroli hududlardan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish bo'yicha, ruhiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish sohalarida ish olib boruvchi mutaxassislar o'rtasida tadbirlar o'tkazish uchun arizalar qabul qilishni e'lon qiladi. Mazkur loyihalar Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko'magida "Search for common ground" va "Istiqlol avlodi" NNT tomonidan amalga oshirilayotgan "Markaziy Osiyo mamlakatlarida ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash" loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Grantlar tanlov asosida beriladi. Grantlar berish qurolli mojarolar hududlardan qaytganlarni huquqiy, psixologik va ijtimoiy reabilitatsiya va reintegratsiyasi uchun zarur moddiy ta'minlashga qaratiladi.
Arizalar davlat ro'yxatidan o'tgan NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan qabul qilinadi.
Dastur maqsadi ijtimoiy, psixologik, huquqiy va iqtisodiy reabilitatsiyasi va reintegratsiyasini rag‘batlantirish uchun jamiyat darajasida qulay muhitni yaratish va qo‘llab-quvvatlashdir.