Tavsif
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ilmiy tadqiqotlarga 150-250 million soʻm miqdoridagi grantlar ajratish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.
Tanlov shartlaridan oʻtgan loyihalar natijalariga qarab bir va ikki yilga qadar Jamgʻarma hisobidan moliyalashtiriladi.
Grant uchun tanlovni tashkil etish va amalga oshirish Ishchi organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga (OʻzR FA) tayinlangan. Ishchi organ har yili bir marotaba grant uchun tanlov tashkil etadi va quyidagi tanlov bosqichlari asosida eng maqbul ilmiy-tadqiqot loyihalariga grant taqdim etadi:
- Texnik ekspertiza;
- Ilmiy ekspertiza dastlabki tanlovi;
- Ilmiy ekspertiza yakuniy tanlovi — maxsus kengash yigʻilishida ochiq muhokama (taqdimot) koʻrinishida koʻrib chiqiladi.
Tanlov jarayoni va talablari bilan batafsil tanlov nizomi orqali tanishib chiqish mumkin.
Rasmiy eʼlon bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.