Tavsif
Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (ShHT) Yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik komissiyasi, Xitoyning Markaziy tasviriy sanʼat akademiyasi (CAFA) va ShHT kotibiyati bilan hamkorlikda ShHTga aʼzo davlatlar badiiy koʻrgazmasini tashkil qiladi. Unda oʻzbekistonlik iqtidorli yosh rassomlar oʻz rasmlari va sanʼat asarlarini taqdim etishi kutilmoqda.
Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat:
- 1-bosqichda tanlov doirasida yaratilgan ijodiy ishlar 2024-yil 1-iyungacha qabul qilinadi. Tanlovning birinchi bosqichidan soʻng, 2024-yil 20-iyulgacha tashkiliy qoʻmita saralanganlarga tanlovning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma joʻnatib, ishning asl nusxalarini yigʻish toʻgʻrisida elektron pochta orqali bildirishnoma yuboradi.
- 2-bosqich: birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganlar 2024-yil 1-sentyabrgacha ishning asl nusxasini quyidagi manzilga joʻnatishlari kerak: Xitoy, Yunnan provinsiyasi, Kunming shahri, Uxua tumani, Tsuyxunanlu koʻchasi, 6-uy, 4-qavat, Yunnan Shanxay Madaniyat va Sport Ltd. Olingan asl nusxalar asosida tanlovning ikkinchi bosqichi oʻtkaziladi, koʻrgazma ishlari roʻyxati aniqlanadi va sertifikatlar yuboriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.