She Loves Tech — ayollar va texnologiyalar uchun dunyodagi eng yirik startap tanlovi, jumladan, akseleratsiya dasturi, resurslarni moslashtirish va investorlar orqali mablagʻ jalb qilish uchun global pitch musobaqalarini oʻz ichiga oluvchi dasturdir. Dasturda dunyoning 70 dan ortiq mamlakatidan, barcha mintaqalaridan ayollar va qizlar qatnashib unutilmas taassurot va mustahkam bilimni egallash, oʻzlari kabi intiluvchan ayollar bilan tanishish va fikr almashish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Dastur Accelerate Prosperity (Qirgʻiziston), shuningdek, Kite Accelerator (Moʻgʻuliston) kabi yetakchi biznes akseleratorlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. UEnter Oʻzbekistondagi hamkor sifatida ishtirok etmoqda.
She Loves Tech 2024 dasturi va musobaqasi quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Skrining va tayyorlash (2024-yil aрrel-avgust):
Arizalar global skrining guruhi tomonidan baholanadi, yakuniy saralangan startaplar eksklyuziv oʻquv kursi va murabbiylik mashgʻulotlariga kirish huquqiga ega boʻladilar.
2. Saralash bоsqichi (2024-yil iyun-avgust:
Qisqa roʻyxatga kiritilgan startaplar oʻz bizneslarini tegishli bozorda mahalliy hakamlar hayʼati oldida taqdim etadilar. Eng yaxshi startaplar 10 ta mintaqaviy yarim finaldan biriga taklif qilinadi.
3. Mahalliy raundlar (2024-yil iyul-sentyabr):
Saralangan startaplar turli mamlakatlar va mintaqalarda oʻtkaziladigan oʻzlarining mahalliy bosqichlarida oʻz bizneslarini namoyish qilish uchun sahnaga chiqadilar. Har bir turning gʻolibi tanlovning global bosqichiga oʻtadi.
4. Bootcamp va Global final (2024-yil noyabr):
Finalchilar tengdoshlari bilan uchrashish va Osiyoning ayollar va texnologiyalar uchun global flagmani — She Loves Tech Global Competition musobaqasida qatnashish uchun Singapurga uchib ketishadi! Finalchilar oʻz bizneslarini sarmoyadorlar va korporatsiyalar auditoriyasi oldida namoyish qilish uchun sahnaga chiqishdan oldin salohiyatni oshirish boʻyicha seminarlar, qiziqarli panel munozaralari va turli tarmoq imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan bir haftalik lagerda qatnashadilar.
Tayyorgarlik dasturi va tanlov haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.
Tanlovda rivojlanishining ilk bosqichda boʻlgan startaplar:
Hamda quyidagi talablardan birini qoniqtiradigan startaplar ishtirok etishi mumkin:
Hakamlar startaplarning bozor imkoniyatlari, kengayish va oʻsish potensiali, innovatsiya va ijodkorlik, asoschi va jamoaning kalibrlarini koʻrib chiqqan holda saralaydilar.
Tanlov talablari haqida batafsil rasmiy sayt orqali maʼlumot olish mumkin.
Oʻtgan yillardagi startaplar dunyoning eng yirik investorlari, jumladan Sequoia Capital, Vertex Ventures, Wavemaker, Microsoft va Amazondan jami $300 000 000 dan ortiq mablagʻ yigʻgan.
Tanlov haqida tez-tez soʻraladigan savollar boʻlimi - FAQs.
Murojaat uchun: info@shelovestech.org.