Tavsif
Dunyo boʻyicha universitetlarning TOP 100 taligiga kiruvchi, oʻqitish va ilmiy izlanishlari bilan mashhur Angliyaning Sheffield universiteti tomonidan FutureLearn onlayn taʼlim platformasida bepul kurs taqdim etilgan.
Ushbu kurs barcha uchun bepul va ochiq boʻlib, ish, amaliyot dasturlari, chet el oliygohlariga qanday qilib muvafaqqiyatli ariza toʻldirish, mukammal CV (tarjimai hol) yozishga yordam beruvchi amaliy usullarni oʻrgatadi.
Sheffild Universitetida joylashgan ishga qabul qilish xizmati mutaxassislari mukammal motivatsion xatlar va shaxsiy bayonotlar, CV (tarjimai hol) yozishga yordam beradigan eng yaxshi maslahatlari bilan boʻlishadilar.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin.