Tavsif
International Community Access to Child Health (ICATCH) dasturi chaqaloqlar, bolalar, oʻsmirlar salomatligini yaxshilash uchun ishlab chiqilgan loyihalarga tanlov eʼlon qiladi. Ushbu dastur tashkilotchisi Amerika Pediatriya Akademiyasi hisoblanadi. Dasturning maqsadi butun dunyoda barcha bolalarning sogʻlom boʻlishini taʼminlashga qaratilgan.
Dasturda past va oʻrta daromadli mamlakatlarda ishlayotgan pediatrlar, hamshiralar, doyalar, ijtimoiy xodimlar, stomatologlar, sogʻliqni saqlash xodimlari, fizioterapevtlar, sogʻliqni saqlash oʻqituvchilari va boshqa shifokorlar qatnashishi mumkin. Ishtirokchilar bola salomatligiga oid loyiha (Proposal) ishlab chiqishi kerak.
(Proposal) loyiha taklifi quyidagi toifalar boʻyicha yozilishi mumkin:
- Bolalarda jismoniy yoki rivojlanishdagi nuqsonlar;
- Bola yoki oʻsmir ruhiy salomatligi (21 yoshgacha);
- Yangi tugʻilgan chaqaloqlar salomatligi (6 oylikkacha);
- Ovqatlanish/toʻyib ovqatlanmaslik va kasalxonaga yotqizilgan bolalarni parvarish qilish (6 oydan 21 yoshgacha).
Loyihalar past yoki oʻrtacha daromadli mamlakatlarda amalga oshirilishi kerak.
Ariza topshirganlar orasidan 7 nafar nomzod g'olib sifatida tanlab olinadi. Dastur gʻoliblariga 3 yil davomida yiliga 2,500 AQSh dollari miqdorida grant beriladi.
Dasturga ariza topshirishning oxirgi muddati — 2024-yil 13-dekabr.
Dastur haqida toʻliq maʼlumotni ushbu havola orqali oʻqish mumkin.