Shoiralar uchun mukofot jamg'armasi £3,000 ni tashkil qiluvchi Mslexia Women's Poetry Competition 2021 she'riyat musobaqasi
Buyuk Britaniya Buyuk Britaniya
06 Dek, 2021 · Muddat tugagan

Shoiralar uchun mukofot jamg'armasi £3,000 ni tashkil qiluvchi Mslexia Women's Poetry Competition 2021 she'riyat musobaqasi

Xalqaro musobaqalar Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Mslexia - Angliyaning ayol yozuvchi va shoiralar jurnali bo'lib, yosh ijodkorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida adabiyot va she'riyatga oid tanlovlar va musobaqalarni o'tkazib keladi. Ulardan biri Women's Poetry Competition 2021 ( ayollar uchun she'riyat musobaqasi) barcha mamlakat va millat vakillaridan bo'lgan shoiralarning ijod namunalarini qabul qila boshladi. Musobaqada yosh chegarasi belgilanmagan. 

Musobaqa g'oliblari pul mukofotlari va Mslexia jurnalida, Seren Booksda she'rlarini bepul chop ettirish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Barcha ayollar uchun ochiq;
  • Yosh chegarasi yo'q;
  • Musobaqa 2 xil toifada o'tkaziladi:
    • Single Poem (1 ta she'r)
    • Poetry Pamphlet (she'riy to'plam)

Imtiyozlar va qulayliklar

G'olib ishtirokchilar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • Single Poem toifasi uchun:
    • 1-o'rin uchun £2000
    • 2-o'rin uchun £500
    • 3-o'rin uchun £250
    • Unpublished Poetry Prize - £250

4 nafar g'olib va 16 nafar yakuniy bosqichga o'tgan ishtirokchilarning ijod namunalari Mslexia ayollar jurnalining Mart oyidagi sonida chop etiladi.

  • Poetry Pamphlet toifasi uchun:
    • 1-o'rin uchun £250. G'olibning she'riy to'plami Seren Books da chop etiladi.

Topshirish jarayoni

Ishtirokchilar online yoki pochta orqali ijodiy ishlarini yuborishi mumkin.

Ijodiy ishlar (she'rlar)ga qo'yiladigan talablar:

  • Ingliz tilida yozilgan;
  • Avval tanlov, musobaqalarda taqdim etilmagan;
  • Avval chop etilmagan;
  • So'ralgan formatga mos bo'lishi kerak.

Ishtirok etish yo'riqnomasi va musobaqa qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.

Ishtirok etish to'lovi:

  • Single Poem - £10
  • Poetry Pamphlet - £20

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Xalqaro musobaqalar

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Ayol

Buyuk Britaniya Shoiralar uchun mukofot jamg'armasi £3,000 ni tashkil qiluvchi Mslexia Women's Poetry Competition 2021 she'riyat musobaqasi
06 Dek, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.