Tavsif
Shveysariyada joylashgan mashhur Lozanna universiteti (UNIL) tibbiyot, tabiiy fanlar (biologiya), sanʼat, ijtimoiy fanlar (diniy fanlar ham), huquq, biznes sohalariga qiziquvchi xalqaro talabalarga 2025-2026-yil oʻquv yili uchun magistratura kurslarida grant asosida tahsil olish imkonini beradi.
Har yili eng munosib 10 nafar talaba Lozanna universitetida grant asosida oʻqibgina qolmay, oʻqish badalidan (har semestrda toʻlanadigan majburiy 80 CHF bundan mustasno) ozod qilinadi va oylik stipendiya bilan taʼminlanadi.
Talabalardan esa aʼlo oʻqish va berilgan mashgʻulotlarni puxta oʻzlashtirish talab qilinadi (aks holda, stipendiya berish toʻxtatib qoʻyilishi mumkin).
Ariza berish mumkin boʻlmagan yoʻnalishlarning toʻliq roʻyxati bilan bu yerda tanishish mumkin.
Darslar ingliz yoki fransuz tilida boʻladi. Oʻqitish tili ingliz tili boʻlgan yoʻnalishlar haqida bu yerda batafsil tanishish mumkin.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.