Nomzodlar universitetning magistrlik dasturlaridan biriga eApply portali orqali onlayn ariza topshirishi lozim. Universitetning magistrlik dasturlari va fakultetlari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.
Ayrim talab etiladigan hujjatlar;
- Bakalavr diplomi va ilovasi nusxasi (hali diplom olinmagan boʻlsa, universitetni tamomlashi haqidagi maʼlumotnoma);
- CV;
- Tahsil olgan universitetlar roʻyxati;
- Maktab/kollej/litsey diplomi (matriculation certificate);
- Til sertifikati (minimum C1, IELTS 7.0);
- Pasport nusxasi;
- Declaration of consent.
Eslatma: Tanlangan magistrlik dasturiga qarab talab etiladigan hujjatlar oʻzgarishi mumkin. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar, rasmiy tarjimasi bilan joʻnatilishi lozim.
Magistrlik dasturiga hujjat topshirish jarayonlari, talablari va kerakli hujjatlar haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.
Magistrlik dasturi uchun taqdim etilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda, ESOP grant dasturi uchun nomzoddan magistrlik dissertatsiyasining dastlabki taklifi (pre-proposal) ham talab etiladi. Dissertatsiyaning dastlabki taklifi nomzod tomonidan yozilishi va ilmiy iqtiboslar toʻgʻri taqdim etilishi kerak. Plagiat, eʼtiborsizlik tufayli yoki qasddan notoʻgʻri maʼlumot berish nomzodning magistrlik dasturiga ham, grant dasturiga ham arizasini bekor qilinishiga sabab boʻladi.
Shuningdek, 2 nafar nomzodni tavsiya qiluvchi kishilarni koʻrsatish kerak (agar magistrlik dasturi uchun tavsiyanoma taqdim etilmagan boʻlsa).
Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2025-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha davom etadi.