Tavsif
IUCN Leaders Forum bu har yili oʻtkaziladigan dastur hisoblanib, dunyo boʻylab yetakchilar va ijtimoiy faol insonlarni yigʻish orqali hozirgi dolzarb global muammolarga yechim topish, ularga oʻz hissalarini qoʻshish, oʻzaro hamkorlik oʻrnatish, tabiatni muhofaza qilish hamda barqarorlikni saqlashga moʻljallangan dastur hisoblanadi.
Dasturda 18-35 yosh oraligʻidagi yetakchilik qobiliyatiga ega barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar 2024-yil 8-11-oktyabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahridagi barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro forumda ishtirok etish imkonini qoʻlga kiritishadi.
Dasturning bu yilgi mavzusi: “Innovatsiyalardan foydalanish, tabiatni asrashga imkon berish”.
Forumga roʻyxatdan oʻtish jarayoni 2024-yil 28-may Oʻzbekiston vaqti bilan soat 22:00 gacha davom etadi.
Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.