Tavsif
Shveysariyaning yetakchi tadqiqot universiteti hisoblangan Jeneva Universiteti Faculty of Science magistrlik dasturlarida oʻqish uchun Excellence Master Fellowship grant dasturini taklif qiladi.
Arizalar bakalavriatni muvaffaqiyatli tamomlagan (yoki uni 6 oy ichida tamomlashni kutayotgan), oʻz taʼlim muassasasining eng yaxshi 10% talabalari qatoriga kiruvchi va Jeneva universitetida Faculty of Science magistrlik dasturida oʻqimoqchi boʻlgan talabalar uchun ochiq.
Grant dasturi uchun asosiy tanlov mezoni talabaning kuchli ishtiyoqi va yuqori salohiyati hisoblanadi.
Magistrlik dasturlari asosan ingliz tilida oʻqitiladi va ushbu havola orqali ular haqida batafsil maʼlumot bilan tanishib chiqish mumkin. Grant dasturi uchun alohida hujjat topshiriladi.
Nomzodlar universitetda oʻqish talablariga mos kelishini tekshirish uchun masʼul academic adviser bilan Academic-Advisor-Sciences@unige.ch elektron pochta manzili orqali bogʻlanish mumkin.