Shvetsiyada magistratura bosqichini menejment yo'nalishida bepul davom ettirishni istagan talabalar uchun Sodenburg Scholarship grant dasturi
Shvetsiya Shvetsiya
16 Yan, 2022 · Muddat tugagan

Shvetsiyada magistratura bosqichini menejment yo'nalishida bepul davom ettirishni istagan talabalar uchun Sodenburg Scholarship grant dasturi

Magistratura To‘liq taʼlim Qisman moliyalash

Tavsif

Shvetsiyaning Lund School of Economics and Manajment universiteti tomonidan magistratura bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish imkoniyatini beruvchi Sodenburg Scholarship dasturi.

Sodenburg Scholarship dasturi uchun bakalavr bosqichini menejment yoki biznes yoʻnalishida tugatmagan boʻlish kerak. Dasturga qabul qilinish jarayonida nomzodlarning yuqori akademik koʻrsatkichlari, aynan shu dasturga qanchalik loyiq ekanliklarini koʻrsatib bera olishlari va ingliz tilini mukammal bilishlari muhim hisoblanadi. IELTS balli eng kamida 6.5 boʻlishi, har bir boʻlimdan kamida 5.5 ball olgan boʻlishi kerak.

Dasturda toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻqish uchun Yevropa iqtisodiy zonasi davlatlaridan birining va Shvetsiya fuqarosi boʻlmasligi kerak. Dastur faqat kontrakt toʻlovini qoplab beradi, borish-kelish aviachipta to‘lovlari va yashash xarajatlarini grantni yutgan talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Grant dasturiga arizalar 2022-yil 17-yanvarga qadar qabul qilinadi.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Nomzodlarning bakalavr bosqichida oʻqigan yoʻnalishi biznes yoki menejment sohasida boʻlmasligi shart;
  • Ingliz tilini mukammal bilishlari soʻraladi, eng kamida IELTS 6.5, TOEFL 90 dan 575 ballgacha boʻlishi kerak;
  • Yevropa iqtisodiy zonasi va Shvetsiyadan boʻlgan nomzodlarga grant ajratilmaydi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Kontrakt puli to‘liq qoplab beriladi.

Topshirish jarayoni

Sodenburg scholarship dasturiga menejment yoʻnalishida karyerasini davom ettirishni istagan, ammo bakalavr bosqichida bu sohada tahsil olmagan talabalar ariza topshirishlari mumkin.

  • Stipendiya dasturiga ariza topshirish uchun dastlab universitet rasmiy veb-saytiga kirib, requirements and selection boʻlimidan kerakli soha va yoʻnalish tanlab olinadi;
  • Agar nomzod shu talablarga to‘liq mos kelsa, soʻralgan hujjatlarni taqdim etib ariza yuborishi mumkin;
  • Ariza topshirish jarayoni haqida ushbu video qoʻllanma orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
  • Ariza bilan birgalikda Statement of Purpose - o'qishga topshiroshdan maqsadini bayon etgan qog'oz ham topshirishi lozim.

Qo'shimcha ma'lumot

  • Qo‘shimcha savollar yuzasidan master@fek.lu.se elektron manziliga murojaat qilish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Qisman moliyalash

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Biznes boshqaruvi

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Yosh chegarasi

    Min: 18

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 6.5

Shvetsiya Shvetsiyada magistratura bosqichini menejment yo'nalishida bepul davom ettirishni istagan talabalar uchun Sodenburg Scholarship grant dasturi
16 Yan, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.