Tavsif
Qurolsizlanish, yadro qurollarini tarqalishini oldini olish va qurollarni nazorat qilish sohasidagi yangi avlod mutaxassislari uchun Shvetsiyada 5 kunlik yozgi dastur — Armament and Disarmament Summer School 2026 taqdim etiladi.
Dasturga 25 nafar eng yaxshi deb topilgan nomzod saralab olinadi.
Yozgi dasturning asosiy maqsadi butun dunyodan kelgan yuqori malakali tadqiqotchilar va amaliyotchilardan iborat kuchli jamoani yaratishga hissa qoʻshishdir. Bu jamoa xavfsiz, tinch va barqaror kelajakni shakllantirish va targʻib qilish ustida ishlaydi.
Ishtirokchilar kurs davomida quyidagi faoliyatlarni amalga oshiradilar:
- Ushbu sohada yetakchi mutaxassislar tomonidan maʼruza va muhokamalar;
- Koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha seminarlar va treninglar;
- Qurollanish va qurolsizlanish masalalari bilan shugʻullanuvchi muassasalarga tashriflarda qatnashish.
Yozgi maktab 2026-yil 24–28 avgust kunlari Shvetsiyada joylashgan Stokgolm tinchlik muammolarini oʻrganish xalqaro instituti (SIPRI) binosi va Uppsala Universitetidagi Yadro qurollarini qisqartirish boʻyicha Alva Myrdal Markazida (AMC) boʻlib oʻtadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.