Shveysariya Federal Texnologiya Institutidan oʻzining loyiha/kompaniyasini yaratish niyatidagi magistr, doktorant va tadqiqotchilar uchun 150,000 CHF miqdoridagi grant
Shveytsariya Shveytsariya
01 Sen, 2024 · Muddat tugagan

Shveysariya Federal Texnologiya Institutidan oʻzining loyiha/kompaniyasini yaratish niyatidagi magistr, doktorant va tadqiqotchilar uchun 150,000 CHF miqdoridagi grant

To‘liq taʼlim Pul Mukofoti & Grant

Tavsif

Shveysariya Federal Texnologiya Instituti (ETH) barqaror rivojlanish maqsadidagi, oʻzining loyiha/kompaniyasini yaratish niyatidagi magistrant, doktorant va tadqiqotchilar uchun ETH Pioneer Fellowship dasturini taqdim etadi. Gʻolib jamoalar uchun loyihani amalga oshirish uchun 18 oy davomida 150,000 Shveysariya franki ($167,178) koʻrinishida grant ajratiladi. Dastur ETH Zurich Foundation tomonidan moliyalashtiriladi. 

Dastur 2 yoʻnalishda olib boriladi:

  • Deep-​Tech Acceleration Program — ushbu dastur ishtirokchilarga oʻzlarining tadqiqotga asoslangan texnologiyalarini sotiladigan mahsulot va xizmatlarga aylantirish imkonini beradi;
  • Social Impact Acceleration Program — ushbu dastur past va oʻrta daromadli mamlakatlarda daromadi kuniga 10 AQSh dollaridan kam boʻlgan insonlarga xizmat koʻrsatadigan katta ijtimoiy taʼsirga ega loyihalar yaratishni qoʻllab-quvvatlaydi.

Dasturga ariza topshirishning oxirgi muddati — 2024-yil 1-sentabr sоat 20:00 gacha.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Oʻzining loyiha/kompaniyasini yaratish niyatidagi magistratura, doktorantura talabalari va tadqiqotchilar ishtirok etishi mumkin; 
  • Taklif etilayotgan loyihalar avval roʻyxatdan oʻtmagan va istiqbolli biznes rejasiga asoslangan boʻlishi lozim;
  • Ushbu roʻyxatdagi barcha mamlakat fuqarolari qatnashishi mumkin (Oʻzbekiston roʻyxatda bor);
  • Ingliz tilini bilish talab qilinadi (sertifikat soʻralmaydi);
  • Jamoalar 1-2 nafar ishtirokchidan iborat boʻlishi mumkin.

Nomzodlar va loyiha quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Ariza beruvchining yozma arizasi va ogʻzaki taqdimoti;
  • Nomzod(lar)ning shaxsiy salohiyati, tadbirkorlik ruhi, qobiliyatlari;
  • Texnologiyaning yangiligi va taʼsir doirasi, intellektual mulk huquqlari va faoliyat erkinligi nuqtai nazaridan innovatsion salohiyati;
  • Iqtisodiy jihatdan loyihaning biznes salohiyati, shuningdek, mijozlar foydasi va qiymat taklifi;
  • Dasturning umumiy missiyasi va maqsadlariga muvofiqligi.

Imtiyozlar va qulayliklar

  • Nomzodlarning soni va taʼlim darajasidan qatʼi nazar, 18 oy davomida 150,000 Shveysariya franki ($167,178) koʻrinishida grant beriladi;
  • Tadbirkorlik boʻyicha treninglar oʻtkaziladi;
  • Ishtirokchilar ETH infratuzilmasi va tadbirkorlik ekotizimiga kirish huquqiga ega boʻladilar;
  • Har bir jamoa biriktirilgan institut professori tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi; 
  • Saralangan jamoalarga dastur davomida Shveytsariya Federal Texnologiya institutida ilmiy xodim sifatida ishlashga imkon beriladi.

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin. 

Talab qilinadigan hujjatlar:

Muhim: Agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, barcha hujjatlarni PDF formatida yuborish kerak. Har bir fayl jadvalda koʻrsatilganidek nomlanishi kerak.

Qo'shimcha ma'lumot

Dasturga qabul quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Ariza topshirish — 2024-yil 1-iyuldan 1-sentyabrgacha davom etadi. Ariza topshirish muddati tugaganidan keyin bir oy ichida nomzodlar suhbatga taklif qilinganligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
  2. Saralash — 2024-yil 7-оktyabrdan noyabrgacha oʻtkaziladi. 
  3. Suhbat — 2024-yil 24-оktyabr kuni oʻtkaziladi. Suhbat institutning bosh binosida oʻtkaziladi. Ushbu bosqichga oʻtgan nomzodlar suhbatga shaxsan tashrif buyurishlari kerak. 20 daqiqalik suhbatning aniq vaqti taxminan 2-3 hafta oldin eʼlon qilinadi. Suhbat ingliz tilida olib boriladi. Loyiha hamkorlari ham suhbat jarayonida ishtirok etishlari mumkin.
  4. Yakuniy natija — nоyabr оyida eʼlon qilinadi.

Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Pul Mukofoti & Grant

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

Shveytsariya Shveysariya Federal Texnologiya Institutidan oʻzining loyiha/kompaniyasini yaratish niyatidagi magistr, doktorant va tadqiqotchilar uchun 150,000 CHF miqdoridagi grant
01 Sen, 2024
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.