Tavsif
Dr. Eduard Gübelin Research Scholarship har yili oʻtkaziladigan tanlov granti boʻlib, gemmologiya sohasidagi innovatsion tadqiqot loyihalarini moliyaviy, tashkiliy va infrastruktura jihatdan qoʻllab-quvvatlashga bagʻishlangan. Grant Dr. Eduard Gübelin Association for Research & Identification of Precious Stones tomonidan tashkillashtirilgan boʻlib, Shvetsariyaning Luserne shahrida joylashgan. Dastur magistratura, doktorantura va doktorantura bosqichidan keyin tadqiqot olib borayotganlarga yerga oid fanlar (mineralogiya, geologiya, geokimyo), kristallografiya, kimyo, fizika, moddalar ilmi, arxeologiya, biologiya va shunga oʻxshash tegishli ilmiy sohada tadqiqot loyihasini amalga oshirayotganlarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan.
Dasturga taqdim etilgan loyihalar chin maʼnoda innovatsion, koʻrgazmali jihatdan koʻrsatib berilishi, oʻzgacha qarashga ega boʻlishi, yangi sohalarni ham oʻz ichiga olishi, yangi nazariyalar va metodlarni sinab koʻrishi va natijada gemmologik bilimlarning rivojlanishiga hissa qoʻshishi kerak. Dr. Eduard Gübelin Research Scholarship 2024-yilning 1-yanvarida eʼlon qilingan boʻlib, dasturga loyihalar qabuli shu yilning 31-iyuliga qadar davom etadi. Saralash bosqichi avgust oyigacha davom etadi va natijalar sentyabr oyida eʼlon qilinadi. Natijalar eʼlon qilingandan keyin gʻoliblar Shveysariyaga laboratoriya joylashgan joyda tadqiqotlarini amalga oshirishni boshlashadi.
Dastur ishtirokchilariga 30,000 dollar mablagʻ ajratilgan boʻlib, bu mablagʻ yoʻl, turar-joy, tadqiqot va tadqiqot tugatilgandan keyin beriladigan pul mablagʻini oʻz ichiga oladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.