Tavsif
Yoshlarning faolligi, imkoniyatlarini kengaytirish va transchegaraviy aloqalarga urgʻu berishga qaratilgan Shveysariyada xarajatlari toʻliq va qisman qoplanadigan forum — Youth Empowerment Forum 2025 taqdim etiladi.
Dastur interaktiv seminarlar, siyosiy muloqotlar va global ekspertlar bilan yuqori darajadagi panel munozaralarini oʻz ichiga oluvchi 4 kunlik qiziqarli tadbirlarni qamrab oladi. Ishtirokchilar texnologiya va innovatsiyalar kelajagini shakllantiruvchi ilgʻor ilmiy kashfiyotlarni tushunish va oʻrganish uchun CERNga tashrif buyurishadi. Shuningdek, Shveysariyaning boy pazandachilik merosidan bahramand boʻlish imkoniyati beriladi.
Dasturda qatnashish uchun jami 150 nafar nomzod saralab olinadi:
- 40 nafari toʻliq moliyalashtiriladi;
- 30 nafari qisman moliyalashtiriladi;
- 30 nafari forumga kirish imkoniyatini yutib oladi;
- 50 nafari oʻz-oʻzini moliyalashtiradi.
Tadbir quyidagi mavzularni oʻz ichiga oladi:
- Youth Leadership & Policy Influence;
- Sustainability & Climate Action;
- Digital Innovation & Future Skills;
- Peacebuilding & Global Diplomacy;
- Human Rights and Peacebuilding;
- Global Governance.
Dastur Shveysariyaning Jeneva shahrida 2025-yilning 4-sentyabridan 7-sentyabrigacha boʻlib oʻtadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.