Tavsif
Swiss Excellence Scholarships Shvetsariya hukumati tomonidan 180 dan ortiq davlatlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish uchun har yili yosh tadqiqotchilar, magistrlar, qolaversa, sanʼat yoʻnalishida bakalavr bosqichini tugatgan talabalarga beriladigan stipendiya hisoblanadi. Ushbu stipendiyaning 4 xil turi mavjud:
The Research scholarship — Shveysariyaga doktorlik yoki doktorlik darajasida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun kelishni rejalashtirgan turli yoʻnalishdagi yosh olimlar uchun beriladi.
The Research scholarship Shveytsariyaning koʻplab universitetlarida, jumladan, amaliy fanlar, texnologiya instituti, shuningdek, toʻrtta tadqiqot institutlarida ilmiy izlanish olib borish yoki oʻqish uchun beriladi.
Art scholarship — Shveytsariyada boshlangʻich magistrlik darajasini olishni istagan sanʼat sohasida bakalavr bosqichi yakunlagan talabalarga Shveysariya konservatoriyalaridan birida yoki sanʼat universitetida oʻqish uchun beriladi.
PhD scholarship — Shveysariyada doktorantura darajasida o'qish uchun beriladi. Kamida magistrlik diplomi talab qilinadi.
Postdoctoral scholarship — PhD darajasini olgandan keyin qo'shimcha tadqiqot qilmoqchi bo'lgan olimlar uchun beriladi.
MUHIM! 2025/26-o'quv yili uchun dastur О'zbekiston fuqarolariga PhD, PhDdan keyigi tadqiqot (Postdoctoral study) va ilmiy tadqiqot qilish (Research Fellowship) uchun grantlar ajratgan.
Dastur nomzodlarning ta'lim olishlarini to'liq moliyalashtiradi. Grant davomiyligi nomzod tanlagan grant turidan kelib chiqadi. Har bir nomzod hujjat topshirish bilan bog'liq jarayonni o'z mamlakatidagi Shveysariya elchixonasi bilan kelishgan holda amalga oshirishi kerak.
Bu yilgi dastur bo'yicha o'qish 2025-yil 1-sentabrdan boshlanadi.
Dasturga qo'yilgan talablar va umumiy ma'lumotlarni akademik yo'riqnoma orqali bilib olish mumkin.