Shveytsariyaning nufuzli oliygohida dasturlash va kompyuter fanlariga aloqador sohalar boʻyicha magistratura bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant
Shveytsariya Shveytsariya
29 Apr, 2022 · Muddat tugagan

Shveytsariyaning nufuzli oliygohida dasturlash va kompyuter fanlariga aloqador sohalar boʻyicha magistratura bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant

Magistratura To‘liq taʼlim Bepul o'qish

Tavsif

Shveytsariyaning nufuzli Università della Svizzera Italiana oliygohi magistratura bosqichini ushbu universitetning informatika fakultetida davom ettirmoqchi boʻlganlar uchun toʻliq grantlar tashkil etgan. Dasturda informatika, kompyuter fanlari, sunʼiy intellekt va shunga aloqador yoʻnalishlarda bakalavr darajasiga ega boʻlgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻladilar:

Informatika fakulteti va yoʻnalishlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Dasturga qabul qilinganlar oʻqish kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod etiladi. Grantlar soni — 5 ta.

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Nomzodlar USI (Università della Svizzera Italiana) oliygohining informatika fakulteti magistrlik kurslaridan biriga 2022-yil sentyabrda boshlanadigan oʻquv yili uchun qabul qilingan boʻlishi kerak;
  • 2022-yil 31-iyulga qadar Informatikaga aloqador sohada bakalavr diplomiga ega boʻlishi lozim;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi lozim. Kamida IELTS 5,5 daraja talab etiladi;
  • Yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi kerak. 100 ballik tizimda kamida 85 ballga ega boʻlish talab etiladi.

Dastur talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Imtiyozlar va qulayliklar

Dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar 1 yillik oʻqish kontraktidan ozod etiladi;
  • Ushbu grantdan kelasi oʻquv yili uchun ham foydalanish mumkin. Bunda kelasi oʻquv yili boshida imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtishi va kamida 8,5/10 (10 ballik tizimdan kamida 8,5 ball) koʻrsatkichga ega boʻlishi kerak.

Dastur manfaatli jihatlari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Topshirish jarayoni

Dasturda ishtirok etish uchun nomzod avvalo ushbu magistrlik kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilingan boʻlishi lozim. Dastur uchun ariza topshirish havolasi magistrlik kursiga qabul qilinganlik haqidagi email xati bilan birga yuboriladi.

  • Magistrlik kurslariga qabul 2022-yil 30-aprelga qadar davom etadi;
  • Dastur uchun ariza topshirishning soʻnggi sanasi esa 2022-yil 31-iyul.

Magistrlik kursiga ariza topshirish toʻlovi — 100CHF(~$100).

Qo'shimcha ma'lumot

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Til sertifikati va boshqa talablar bilan batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    To‘liq taʼlim

  • Moliyalashtirish

    Bepul o'qish

  • Daraja

    Magistratura

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT

  • Dastur tili

    Ingliz tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

  • IELTS talabi

    Min: 5.5

Shveytsariya Shveytsariyaning nufuzli oliygohida dasturlash va kompyuter fanlariga aloqador sohalar boʻyicha magistratura bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant
29 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.