Tavsif
Banff Centre for Arts and Creativity dunyo boʻylab barcha professional foto suratkashlarni 2026-yilgi Festival va Jahon sayohati (World Tour)ning 2026-2027-yilgi mavsumi uchun togʻ manzaralari aks etgan suratlar bilan Banff Centre Mountain Film and Book Festival signature image tanlovida ishtirok etishga taklif etmoqda.
Har yili oʻtkaziladigan ushbu suratlar tanlovi koʻplab marketing materiallarida qoʻllaniladi, jumladan, ular afishalar (Banffda va Jahon sayohati boʻyicha 40 dan ortiq mamlakatlarda), bannerlar, veb-saytlar (Festival veb-sayti, shuningdek, Jahon sayyohlik saytlari), broshyuralar, va Festival/Jahon sayohati jurnallariga joylanadi.
Ushbu tanlovda 2025-yilgi Festival uchun suratlar tanlovi gʻolibi Paul Zizka suratlariga oʻxshash suratlar qabul qilinadi.
Gʻolib deb topilgan surat uchun $3000 CAD (~$2,096) pul mukofoti beriladi.
Avvalgi mavsum gʻoliblarining ishlari haqida ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.