Silikon vodiysi mutaxassislari tomonidan Markaziy Osiyodagi 16 ta startap uchun bepul kurs
O‘zbekiston O‘zbekiston
19 Apr, 2022 · Muddat tugagan

Silikon vodiysi mutaxassislari tomonidan Markaziy Osiyodagi 16 ta startap uchun bepul kurs

Kurslar Bepul ishtirok

Tavsif

Central Asia Think Big Boot Campda ishtirok etish uchun startaplar to‘plami e’lon qilinadi. 

Dastur Markaziy Osiyodan startaplar guruhini tanlash va shakllantirishga qaratilgan notijorat loyiha bo'lib,  Bootcamp New Economy Center StrategEast va USAIDning “Tadbirkorlik va biznes muhiti” loyihasi ko‘magida tashkil etildi.

Ushbu dasturda  ishtirok etish uchun Markaziy Osiyodagi 16 ta eng yaxshi startap tanlab olinadi. Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar bilan   ingliz tilida 10-23-may kunlari IMPACT.T Technological Hub saytida yetakchi xorijiy mutaxassislar startap loyihalari asoschilari bilan onlayn kurs o'tkaziladi.  Ishtirokchilar Bootcamp instruktorlari Kaliforniyadagi USMAC akseleratorining mutaxassislari yordami bilan Silikon vodiysi ekotizimini o‘rganishlari, uning startap va venchur hamjamiyati bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishlari mumkin bo‘ladi. 

Dastur bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin. 

Kimlar uchun mo'ljallangan

Dastur uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

  • Kurs ingliz tilida bo'lganligi sababli ingliz tilini yaxshi bilishlari (sertifikat so'ralmaydi);
  • Startap loyihalariga ega bo‘lishlari kerak.

Dasturning maqbullik shartlari  bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin. 

Imtiyozlar va qulayliklar

Dastur 10 kunlik intensiv kursni  o‘z ichiga oladi, uning davomida ishtirokchilar:

  • global fikrlash qobiliyat va ko‘nikmalarini oshirish;
  • startapni global darajaga olib chiqish uchun asosiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
  • global savdo jarayoni va venchur kapitalistlardan mablag‘ to‘plash asoslarini tushunish;
  • Silikon vodiysida soha mutaxassislari va investorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • Yetakchi xorijiy mutaxassislar startap loyihalari asoschilari bilan uchrashuv imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Dastur imkoniyatlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin. 

Topshirish jarayoni

Dasturda qatnashish uchun ushbu havola orqali ariza topshiriladi.

Ariza to‘ldirilayotganda quyidagilar so‘raladi:

  • Nomzod haqida ma‘lumot;
  • Nomzod startap loyihasining taqdimoti;
  • Nomzodning loyihada qatnashishdan maqsadi yoritilgan qisqacha bayoni.

Qo'shimcha ma'lumot

Qo‘shimcha ma‘lumotlar:

  • Dastur may oyida IMPACT.T texnologik markazida boshlanadi.
  • Tanlov natijalari 2 may kuni e‘lon qilinadi;
  • Qo‘shimcha savollar uchun:info@spot.uz.

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Kurslar

  • Moliyalashtirish

    Bepul ishtirok

  • Dastur tili

    Ingliz tili, Rus tili

  • Jins

    Erkak, Ayol

O‘zbekiston Silikon vodiysi mutaxassislari tomonidan Markaziy Osiyodagi 16 ta startap uchun bepul kurs
19 Apr, 2022
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.