Tavsif
Ushbu bepul onlayn kurs biznes start-uplariga qiziqadigan barchaga moʻljallangan boʻlib, Kaliforniyaning Berkeley universiteti tomonidan tashkil etilgan.
Kurs davomiyligi 6 haftadan iborat. Kursni istalgan vaqtdan boshlash mumkin. Mazkur onlayn kurslarning afzalligi shundaki, bunda kurs qatnashchisi oʻzi uchun qulay vaqtda darslarda ishtirok etishi mumkin. Qat'iy soat ajratilmagan.
Darslar toʻliq ingliz tilida olib borilishi tufayli kursda qatnashmoqchi boʻlganlar ingliz tilini bilishi talab etiladi.
Kursni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar Kaliforniyaning Berkeley universiteti tomonidan rasmiy tasdiqlangan sertifikat olishlari mumkin. (Sertifikat olish toʻlov asosida amalga oshiriladi)