Tavsif
Singapur Xalqaro bitiruvchilar mukofoti (SINGA) Nanyang Texnologiya Universiteti (NTU), Singapur Milliy Universiteti (NUS), Singapur Texnologiya va Dizayn Universiteti (SUTD), Singapur Menejment Universiteti (SMU) va A*STAR fan va texnologiya agentligi hamkorligida tashkil etilgan.
Yuqoridagi universitetlardan biriga yoki A*STAR tadqiqot agentligiga qabul qilinsangiz, yuqori malakali va tajribali professorlar bilan doktorlik dissertatsiyasini yoqlash imkoniyatiga ega boʻlasiz. Mukofot oʻqish toʻlovlarini, turarjoy xarajatlarini oʻz ichiga oladi.
Dasturga har yili 2 marta qabul ochiladi. Ayni paytdagi qabul 2025-yil 1-iyunga qadar davom etadi.