Tavsif
Singapur Xalqaro bitiruvchilar mukofoti (SINGA) Nanyang Texnologiya Universiteti (NTU), Singapur Milliy Universiteti (NUS), Singapur Texnologiya va Dizayn Universiteti (SUTD), Singapur Menejment Universiteti (SMU) va A*STAR fan va texnologiya agentligi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro grant dasturidir.
Dastur biotibbiyot fanlari, kompyuter va informatika, muhandislik va texnologiya, fizika fanlariga qizquvchi abituriyentlar uchun mo'ljallangan.
Nomzodlar quyidagi universitet/tadqiqot markazlaridan biriga qabul qilinishi kerak:
- A*STAR Supervisors and Projects
- NTU Colleges and Schools
- NUS Graduate School
- SMU School of Computing and Information Systems (SCIS)
- SUTD Pillars/Clusters and Research Centres
Bunda yuqori malakali va tajribali professorlar bilan doktorlik dissertatsiyasini yoqlash nazarda tutiladi. Mukofot o’qish to’lovlarini, turar-joy xarajatlarini o’z ichiga oladi.