Tavsif
Singapur Hamkorlik Dasturi Taʼlim mukofoti homiyligida oʻtkaziladigan oflayn kurs — “Inkluziv jamiyatda gender tengligi (Gender Equality in an Inclusive Society)”. Ushbu kurs Singapurning turli davlat siyosati va xizmatlar koʻrsatish innovatsiyalari boʻyicha tajribasini, shuningdek, davlat xizmatlari dolzarb boʻlib qolishi kerak boʻlgan imkoniyatlarni oʻrtoqlashadi.
Kurs mavzulari:
- Singapurning boshqaruv va ijtimoiy inkluziyaga yondashuvi;
- Gender tengligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha siyosat va tashabbuslar;
- Ish joyi va jamiyatda gender tengligini ta'minlashga qaratilgan yondashuv hamda tashabbuslar;
- Rahbar ayollarni qoʻllab-quvvatlash.
Kurs Singapurda oflayn tarzda oʻtkaziladi. Oʻquv mashgʻulotlari seminarlar, amaliy keyslar va muhokamalarni oʻz ichiga oladi.
Davomiyligi: 2026-yil 2-fevraldan 6-fevralgacha (5 kun).
Ariza topshirish muddati: 2025-yil 31-iyuldan 7-noyabrgacha.
Kurs dasturi haqida batafsil maʼlumot bilan rasmiy sayt orqali tanishib chiqish mumkin.