Tavsif
Singapore International Graduate Award (SINGA)- dunyo boʻylab talabalarga Singapurda PhD taʼlim olish, global aloqalarni oʻrnatish va ilmiy martabalarini yuqori choʻqqilarga olib chiqish imkoniyatini yaratadi.
SINGA xalqaro talabalarning jonli va madaniy jihatdan xilma-xil tadqiqot hamjamiyatini rivojlantiradi. Ular koʻp madaniyatli muhitda taniqli va dunyoga mashhur tadqiqotchilar bilan birga zamonaviy muassasalarda ishlash imkoniyatiga ega boʻladilar.
Dastur davomida biotibbiyot fanlari, hisoblash va axborot fanlari, muhandislik va texnologiya hamda fizika fanlari boʻyicha PhD tadqiqotlarini qoʻllab quvvatlash koʻzda tutilgan.
Toʻliqroq maʼlumotlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
A*STAR Supervisors and Projects
NUS Faculties and Schools
SMU School of Computing and Information Systems (SCIS)
SUTD Pillars/Clusters and Research Centres
Dasturga qabul qilingan nomzodlar oʻqish toʻlovlaridan toʻliq ozod etiladi. Hamda ularga oylik stipendiya, aviachipta uchun bir martalik pul miqdori beriladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.