Singapurdagi Nanyang Texnologiyalar Universitetidan tadqiqotchilar uchun qiymati $700,000 gacha bo'lgan Nanyang Assistant Professorship stipendiya dasturi
Singapur Singapur
30 Sen, 2021 · Muddat tugagan

Singapurdagi Nanyang Texnologiyalar Universitetidan tadqiqotchilar uchun qiymati $700,000 gacha bo'lgan Nanyang Assistant Professorship stipendiya dasturi

PhD Tadqiqot To'liq moliyalash

Tavsif

Nanyang Texnologiyalar Universiteti yosh tadqiqotchilar, aspirantlar uchun mo'ljallangan  Nanyang Assistant Professorship dasturini e'lon qiladi. 

Ishtirokchilarga tadqiqot loyihalari uchun 1 million singapur dollarigacha (~$700,000) pul ajratiladi. Shuningdek NAP mukofoti sovrindorlari dotsent lavozimiga tayinlanish hamda o'z tadqiqotlari bo'yicha izlanishlar olib borish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Kimlar uchun mo'ljallangan

  • Tadqiqotchi yoki aspirant bo‘lishi
  • So‘nggi 10 yil ichida doktorlik yoki shunga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lish
  • Maqola nashr qilish/yozish hamda sohaga oid tajribaga ega bo‘lishi
  • O‘z tadqiqot guruhini mustaqil ravishda boshqarishga tayyor bo‘lish
  • Klinik tadqiqotlar, epidemiologiya va tarjima tadqiqotlariga qiziqqan ishtirokchilar  ma’qul ko‘riladi

Imtiyozlar va qulayliklar

  • 1 million singapur dollarigacha (~$700,000) tadqiqot granti
  • Turar-joy bilan ta’minlanadi
  • Universitetning  ko‘p tarmoqli, integratsion tadqiqotlarning yangi yo‘nalishida  ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi
  • Universitet zamonaviy jihozlangan laboratoriyalari va ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish imkoniyatlari bilan mukammal ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini taqdim etadi

Topshirish jarayoni

  1. Hujjatlar onlayn shaklida topshiriladi
  2. Quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
    • Cover Letter (nima taklif qila olishingiz  va nima uchun NTUni tanlaganingiz haqida)
    • CV (impakt faktor va sitata ma’lumotlari bilan birgalikdagi barcha nashrdan chiqqan ishlaringiz berilishi kerak)
    • Batafsil  yoritilgan tadqiqot loyihangiz(A4 formatida 5 varaqdan oshmasligi kerak)
    • Uchta tavsiyanoma va tavsiyanomani bergan shaxslarning telefon raqamlari
    • Top 3 ta nashrdan chiqqan maqola

Muhim tafsilotlar

  • Imkoniyat turi

    Tadqiqot

  • Moliyalashtirish

    To'liq moliyalash

  • Daraja

    PhD

  • Soha

    Kompyuter fanlari va IT, Muhandislik va texnologiya, Tabiiy fanlar va matematika

  • Dastur tili

    Ingliz tili

Singapur Singapurdagi Nanyang Texnologiyalar Universitetidan tadqiqotchilar uchun qiymati $700,000 gacha bo'lgan Nanyang Assistant Professorship stipendiya dasturi
30 Sen, 2021
Muddat tugagan
GrantGo
© GrantGO 2026. Barcha huquqlar himoyalangan.