Tavsif
Singapur davlatining nufuzli Nanyang Texnoloyiga universitetida bakalavr bosqichida oʻqimoqchi boʻlgan talabalarni qoʻllab-quvvatlash uchun universitet tomonidan Nanyang Scholarship dasturi tashkil etilgan. Ushbu dasturda dunyoning barcha davlatlaridan kelgan har tomonlama faol, yuqori akademik koʻrsatkichga, qolaversa, liderlik qobiliyatiga ega boʻlgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
Dasturga qabul qilingan talabalar ushbu universitetda bepul oʻqish bilan birga, yashash va turar joy xarajatlari uchun yillik stipendiyalar bilan taʼminlanadilar.
Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.