Tavsif
European University Institute (EUI) tomonidan siyosat sohasi boʻyicha mutaxassislar uchun Italiyada xarajatlari qoplanadigan rezidentlik dasturi — Policy Leader Fellowship taqdim etiladi. Florence School of Transnational Governance dastur uchun taxminan 20-25 ta grant ajratishi rejalashtirilgan.
Grant besh yoki oʻn oylik muddat uchun taklif etiladi:
- Besh oylik: 2025-yil sentyabrdan 2026-yil yanvargacha yoki 2026-yil fevraldan 2026-yil iyungacha;
- Oʻn oylik: 2025-yil sentyabrdan 2026-yil iyungacha.
Rezidentlik dasturi Italiyaning Florensiya shahrida oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun: Policy Leader Fellowship (PLF) – Florensiya Transmilliy Boshqaruv Maktabida (STG) oʻtkaziladigan rezidentlik dasturi boʻlib, siyosat sohasida oʻz karyerasining oʻrta bosqichidagi mutaxassislar uchun moʻljallangan. Ushbu noyob dastur Yevropadagi eng mashhur ilmiy muassasalardan birida joylashgan va ishtirokchilarga Yevropa Ittifoqi siyosatini ishlab chiqish jarayonlari haqida ichki maʼlumotlar beriladi.
Dastur butun dunyo boʻylab siyosatni ishlab chiqishda turli amaliy tajribaga ega boʻlgan shaxslarni jalb qilish maqsadi tashkil etilgan va akademik tayyorgarlikni talab qilmaydi. STG va EUI professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilari hamjamiyatiga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish imkoniyatidan tashqari, qatnashchilar bir-biridan soha boʻyicha bilim oʻrganadilar va doimiy professional va shaxsiy aloqalarni oʻrnatadilar.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.