Tavsif
Smithsonian Magazine har yili oʻtkaziladigan Photo Contest (Suratlar tanlovi)ning 22-mavsumini eʼlon qildi. Tanlovda 18 yoshdan katta boʻlgan barcha suratga olishga qiziquvchilar qatnashishi va $2,500 gacha pul mukofotiga ega boʻlishi mumkin.
Suratlar quyidagi 6 yoʻnalish boʻyicha qabul qilinadi:
- Natural World (Tabiatga oid): hayvonlar, oʻsimliklar, tabiat manzaralari aks etgan suratlar;
- Travel (Sayohat): sayohat davomida olingan mahalliy aholi yoki turli mashgʻulotlar aks etgan suratlar;
- People (Odamlar): portretlar, yakka yoki guruh boʻlib tushilgan suratlar;
- The American Experience: Amerika xalqining tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi suratlar;
- Artistic Images: suratkash tomonidan biroz effekt berib oʻzgartirilgan suratlar ijodiy rasmlar;
- Drone: dronda olingan har qanday suratlar.