Tavsif
Mongolian Society of Artificial Intelligence in Medicine tomonidan DataCamp koʻmagida sogʻliqni saqlash (Health Data Science) sohasiga qiziqqanlar uchun grant dasturi —Silk Road Health Data Science Fellowship taqdim etiladi.
Silk Road Health Data Science Fellowship — bu 6 oylik virtual dastur boʻlib, mintaqada sogʻliqni saqlash va texnologiya sohasining keyingi avlod yetakchilarini tayyorlashga qaratilgan.
Dastur real hayotda taʼsir koʻrsatish uchun maʼlumotlar, sunʼiy intellekt va raqamli sogʻliqni saqlash imkoniyatlaridan foydalanadigan hamkorlikka asoslangan hamjamiyatni shakllantirishni maqsad qiladi.
Dastur 2026-yil fevral oyidan avgust oyigacha davom etadi.
Maʼlumot uchun: DataCamp hamda MSAIM Virtual Health Data Science Bootcamp III tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan ushbu dastur Markaziy Osiyo va Janubiy Koreyada sogʻliqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish hamda AI asosidagi innovatorlarni yetishtirish uchun ekspertlar olib boradigan maʼruzalar, jahon darajasidagi onlayn taʼlim va amaliy loyiha ishlarini birlashtiradi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.